Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlarining shaxsiy tarkibiga - Boku shahri, 25 iyun 1999 yil

Hurmatli  generallar, admirallar, ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, serjantlar, soldatlar, matroslar! 

Sizlarni Ozarbayjon Respublikasining Qurolli Kuchlaru Kuni bilan qalbdan tabriklayman, har biringizga o`zimning ezgu istaklarimni yo`llayman. 

Milliy armiyamizning tashkil topishi mustaqillik davrida qo`lga kiritilgan yutiqlarning eng muhimlaridan biridir. So`nggi 8 yil davomida Qurolli Kuchlarimiz shaxsiy tarkibi harbiy salohiyatining, texnik tayorgarligining oshirilishi Ozarbayjonning himoya qudratini sezilarli darajada kuchaytirdi, armiya qurilishi, o`quv mashqlari, jangovor tayorgarlikda qo`lga kiritilgan yutuqlar, front mintaqalarida dushman bilan yuzma-yuz kelib tajovuzga to`siq qo`yayotgan jangchilarimizning mardligi bizni chin yurakdan quvontirmoqda. Hozirgi kunda bizda qudratli, zamonaviy qurol va texnika bilan ta`minlangan armiya, yuqori darajada tayorgarlik ko`rgan qo`mondonlik va shaxsiy tarkib bor. 

Bugungi kunda Milliy armiyamiz  Vatan, xalq, davlat oldidagi o`zining sharafli vazifasini juda yaxshi anglaydi, jismoniy, harbiy va ma`naviy tayorgaligini muttasil oshirib bormoqda, o`z vazifalarini munosib ravishda ado etmoqda.  Qurolli kuchlarimizning har bir xizmatchisi juda yaxshi biladiki, kuchli, qudratli armiya  Ozarbayjonning davlat mustaqilligini himoya qilish, mamlakatimizning hududiy yaxlitligini tiklashning asosiy omili, tinchlik va xotirjamlikning  garovidir. 

Vatanni himoya qila oladigan Qurolli Kuchlarni yaratish, mamlakatning himoya qudratini ta`minlash va muttasil ravishda uni oshirib borish faqatgina davlatning,  qurolli kuchlarining ishi emas. Ozarbayjonning har bir fuqarosi, Vatan oldidagi muqaddas burсhini anglagan holda, o`z harbiy burchini sharaf bilan ado etishi, armiya qurilishiga har tomonlama yordam ko`rsatishi kerak. 

Ushbu bayram kunida Ozarbayjon davlatchiligi, hudidiy yaxlitligi, mustaqilligi va suvereniteti yo`lida shahid bo`lgan o`g`illarrimizni yana bir bor yodga olaman, ularning ota-onalari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, xotiralari oldida bosh egaman. 

Ishonamanki, Qurolli Kuchlarimizning shaxsiy tarkibi bundan keyin ham Vatan, xalq oldida ichgan harbiy qasamiga sodiq qoladi, har soniyada namunali xizmati bilan sarhadlarimizni dushmandan ozod qilishga, shahidlarimizning ruhlarini shod qilishga tayor turadi. 

Milliy armiyamizning har bir jangchisiga salomatlik, baxt, oilaviy farovonlik, respublikamizning suvereniteti, mustaqilligini mustahkamlashda, uning hudidiy yaxlitligini tiklashda, Vatanimizning mudofaa qudratini oshirishda muvaffaqiyatlar tilayman. 

Haydar Aliyev,

Ozarbajon Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlarning

Oliy Bosh qo`mondoni. 

«Бакинский рабочий» gazetasi, 26 iyun 1999 yil