Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning O’zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi (18 - 19 iyun 1997 yil)

Ozarbayjon Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida O’zbekiston bilan munosabatlar, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar orasida, alohida o’rin tutadi. Ushbu munosabatlarni mustahkamlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga ko’ra, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev 1997 yilning 18-19 iyunida Toshkentda rasmiy tashrif bilan bo’ldi.

18 iyunda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Ozarbayjon Prezidenti, o’zaro munosabatlar, barcha sohalardagi mustahkam hamkorlik O’zbekiston uchun ham, Ozarbayjon uchun ham zarur ekanini qayd qildi.

Har ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvida tomonlar uchun o’zaro manfaatli bo’lgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, hamkorlikning turli yo’nalishlari bo’yicha fikr almashindi.

Tashrif doirasida, 18 iyunda Ozarbayjon va O’zbekiston o’rtasida davlatlararo va hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ushbu hujjatlar orasida O’zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi orasida har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, sherikchilik munosabatlarini mustahkamlash to’g’risidagi Deklaratsya katta ahamiyatga ega. Bu hujjatlar har ikki mamlakatlar o’rtasida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun mustahkam, fundamental huquqiy-shartnomaviy asos yaratadilar. Ozarbayjon va O’zbekiston orasidagi hamkorlik bo’yicha hukumatlararo aralash komissiya tuzish to’g’risida kelishib olindi. Hujjatlarni imzolash marosimidagi chiqishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti quyidagilarni qayd qildi: “Bizlar Ozarbayjonda O’zbekiston bilan mustahkam sherikchilik aloqalarini o’rnatishni istaymiz va, ushbu aloqalar yo’lga qo’yilishi, rivojlanishlari va mustahkam bo’lishlari uchun, barcha tadbirlarni amalga oshiramiz”.

O’zbekiston Respublikasi Prezident Islom Karimov, o’z navbatida, har ikki mamlakatlar orasidagi munosabatlar aynan strategik hamkorlik ko’rinishida yo’lga qo’yilishini qayd qildi. Arman-ozarbayjon, Tog’li Qorabog’ ziddiayati mavzusida u quyidagicha fikr bildirdi: “Ozarbayjonning o’z hududiy yaxlitligini ta’minlash, bosib olingan yerlarni ozod qilish, qochqinlarni qaytarish va Ozarbayjonga hududiy yaxlitlik kafolatlarini berish hususidagi mavqe’i – bu aniq, adolatli va, aytgan bo’lardimki, to’g’ri mavqe’ bo’lib, u hozir xalqaro hamjamiyatda tobora ko’proq tarafdorlarga ega bo’lmoqda. Bizlar bugun Ozarbayjon mavqe’i tan olinayotganidan xursandmiz, va ushbu masalada Ozarbayjonning ta’siri va obro’sining yanada oshib borishi, menimcha, qonuniy jarayondir. Shuning uchun biz Kavkazda ikki arman davlati bo’lishi mumkin emas, deb hisoblaymiz va bir vaqtlar Ozarbayjon tomonidan bildirilgan ushbu fikrni biz to’g’ri va mantiqiy, deb hisoblaymiz. Bu masalada biz Qorabog’ muammosini siyosiy, tinch yo’l bilan hal etish tarafdorimiz”.

19 iyunda, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentiga Toshkent universitetining Faxriy doktori unvonini berish marosimidagi nutqida Haydar Aliyev, o’zbek va ozarbayjon olimlari, Toshkent va Boku universitetlari ilmiy va madaniy arboblari o’rtasidagi munosabatlar bundan buyon ham o’zbek va ozarbayjon xalqlarining do’stligi va birodarligini mustahkamlashga ko’maklashaveradi, deb ishonch bildirdi.

O’sha kunning o’zida, Ozarbayjon davlatining Markaziy Osiyodagi birinchi elchixonasining – Ozarbayjon Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi binosining ochilishi marosimida Haydar Aliyev, ushbu elchixona bir vaqtning o’zida Ozarbayjonning va O’zbekistonning elchixonasi bo’ladi va u, teng darajada, munosabatlarning bundan keyingi taraqqiyoti va mustahkamlanishiga xizmat qiladi, deb ta’kidladi. Prezident, shuningdek, tez orada Ozarbayjonda O’zbekiston elchixonasining ochilishiga umid bildirdi.

Ozarbayjon elchixonasi binosining ochilishi marosimida Ozarbayjon Prezidenti vatandoshlarimiz – O’zbekistondagi ozarbayjon diasporasi vakillari bilan uchrashdi, ularning turmushlari bilan qiziqdi va ularning burchi hamda vazifasi O’zbekiston jamiyatiga Ozarbayjondagi voqelikni yetkazishdan iborat ekanini ta’kidladi.