12 noyabr - Konstitutsiya Kuni munosabati bilan ozarbayjon xalqiga tabrik – Boku, 1999 yil 11 noyabr

Ozarbayjonning hurmatli fuqarolari, 

Sizlarni 12 noyabr – Konstitutsiya Kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman, har biringizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. 

Mustaqil davlatimiz va xalqimiz taqdirida muhim ahamiyat kasb etgan birinchi konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga to’rt yil to’lmoqda. Davlatchiligimizning asriy ananalari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tuzilgan ushbu konstitutsiya  ozarbayjon xalqi bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining mantiqiy natijasidir. 

Fuqarolarimizning huquqlari va ozodliklarini ta’minlaash, mustaqil davlatimizni himoya qilish, saqlash va taraqqiy toptirish, jamiyatda demokratik islohatlarni amalga oshirish uchun har tomonlama kafolatlar va sharoitlarini yaratib bergan Konstitutsiya ham davlat organlarining, ham Ozarbayjonning har bir fuqarosining faoliyati uchun asosdir. 

O’tgan davr ichida respublika hayotining barcha jabhalarini yangi konstitutsiya bilan muvofiqlashtirish va undan kelib chiqadigan asosiy talablarni hayotga tadbiq etish boyicha ko’p ishlar amalga oshirildi. Konstitutsiyani chuqurroq o’zlashtirish, undan demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat qurush jarayonida uzil-kesil foydalanishni yo’lga qo’yish har birimizdan alohida say’-harakatlarni talab qiladi. 

Hurmatli yurtdoshlar, 

Mustaqil davlatimizning taraqqiyoti va uni mustahkamlash yo’lida har bir fuqaro katta mas’uliyat hisi bilan konstitutsiyamizning asosiy tamoyillarini himoyalash va hayotga tadbiq qilishga intiladi, deb umid bildiraman. 

Haydar Aliyev,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti