Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning 1941-1945 yillardagi Ulug’ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan G’alabaning 50 yilligiga bag’ishlangan tantanali kechada so’zlagan nutqi – “Respublika” saroyi, 5 may 1995 yil

Hurmatli faxriylar, Ulug’ Vatan urushi qahramonlari!

Sizlarni Ikkinchi jahon urushida va 1941-45 yillardagi urushda gitlerchi fashizm ustidan qozonilgan G’alabaning 50 yillik yubileyi bilan tabriklayman. Hammangizga salomatlik, uzoq umr, baxt va barcha ishlaringizda yutuqlar tilayman!

Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida eng dahshatli urush bo’ldi. Bu urush millionlab inconlarning o’limiga, shaharlar va mamlakatlarning vayronaga aylanishiga sababchi bo’ldi. Ikkinchi jahon urushi, 1941-1945 yillardagi Ulug’ Vatan urushu davrida gitlerchi fashizm ustidan g’alaba qozonishda Ozarbayjon Respublikasi, bizning xalqimiz, respublikamizning fuqarolari katta rol o’ynadilar. Aynan shu sababli biz G’alabaning 50 yillik yubileyini katta g’urur bilan nishonlaymiz va uni xalqimiz uchun, mustaqil Ozarbayjon davlati uchun katta bayram, deb hisoblaymiz.

Urushning dastlabki kunlaridan ozarbayjon xalqi, respublikamizning fuqarolari gitlerchi fashizmga qarshi kurash boshladilar.  Urushning birinchi kunlarida 40 mingdan ortiq Ozabayjon fuqarolari frontga ixtiyoriy ketishga yozildilar. Bu davrda 180 ming nafar odam xalq qo’shini saflariga yozildilar. 1941-45 yillarda hamda avvalroq, Ozarbayjonning o’g’illari va qizlari katta shijoat hamda qahramonlik ko’rsatib, jang qildilar. Bu yillarda Ozarbayjon Respublikasidan 700 mingga yaqin odam frontga yo’l oldi. Ulardan 300 mingi qurbon bo’ldilar. Ozarbayjonliklar, bizning respublikamizdan frontga borganlar qahramonlarcha jang qildilar, oxirgi kungacha qahramonlik namunasini ko’rsatib, nemis fashizmiga qarshi shafqatsiz va qat’iy kurash olib bordilar, G’alabaga erishishga o’z hissalarini qo’shdilar. Janglarda ko’rsatilgan qahramonlik va alohida shijoat uchun bizning o’n minglab fuqarolarimiz, ozarbayjonliklar oliy maqomdagi ordenlar va medallarga sazovor bo’ldilar.

Ozarbayjondan frontga yo’l olgan va jang maydonlarida qahramonlik ko’rsatgan 130 nafar kishi eng oliy unvonlar – Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlarini olishga muvaffaq bo’ldilar. Fuqarolarimizning bir qismi frontdan mayib, majruh bo’lib qaytib keldilar va buning natijasida dunyodan ko’z yumdilar. Oramizda bugun ham urushning barcha mashaqqatlari va kulfatlarini elkalarida ko’targanlar ko’plab topiladi. Bir so’z bilan aytganda, gitlerchi fashizmga qarshi urushda qahramonlik, jasorat ko’rsatgan respublikamiz fuqarolari, ozarbayjon xalqi tariximizning eng munosib sahifalaridan o’rin oldilar.

Urushning muvaffaqiyatli olib borilishi va dushman ustidan qozonilgan G’alabada Ozarbayjon Respublikasining xizmatlari front ortida olib borilgan faoliyat bilan ham bog’liqdirlar. Urushning birinchi kunlaridan Ozarbayjon Respublikasi shaharlari va qishloqlaridagi barcha odamlar o’z ish o’rinlarida ertayu-kech G’alaba uchun mehnat qildilar.

G’alabaga erishilishida Ozarbayjonning alohida roli yana shundaki, Ozarbayjon nefti mazkur urushdagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi eng muhim omillardan biri bo’ldi. O’sha vaqtda Sovet Ittifoqida qazib olinayotgan neftning 70 foizi Ozarbayjon hissasiga to’g’ri kelardi. Ozarbayjon neftchilarining chijoatli mehnatlari tufayli shuncha neft ishlab chiqarilgan. Hech shubha yo’qki, ozarbayjon nefti bo’lmaganda, motorlar urushi, texnik vositalar urushida muvaffaqiyat va yutuqqa ega bo’linmasdi, degan xulosani chiqarish mushkul ish emas. Ozarbayjon neftchilari kechasiyu-kunduzi neftni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda katta mashaqqatlar bilan uni frontga yetkazib berish bilan shug’ullanganlar. Fashizm ustidan G’alaba uchun ularning har biri kuch-imkoniyatlarini ayamay mehnat qilgan. O’sha vaqtda respublikamizda Ozarbayjon olimlari tomonidan kashf qilingan yuqori sifatli benzin, kerosin va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Ozarbayjon Respublikasining sanoat korxonalari, ayniqsa mashinasozlik zavodlari qurol-yarog’ ishlab chiqarish bilan shug’ullanganlar.

Shunday qilib, Ozarbayjon Respublikasi fuqarolari, ozarbayjonlar ushbu G’alabaga erishish yo’lida bevosita jangovor xatti-harakatlarda ham, katta chijoat ko’rsatgan holda, front ortida ham katta ishlarni amalga oshirganlar.

Ozarbayjonda 416-Taganrog, 223-Belgrad, 77-Simferopol diviziyalari shakllantirilganlar. Shaxsiy tarkibi asosan ozarbayjonlardan iborat bo’lgan bu diviziyalar jang qilib, G’alabaga erishilishiga o’z hissalarini qo’shib, Ozarbayjon, Kavkaz tog’laridan Berlingacha yetib borganlar. Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, 416-Taganrog diviziyasining harbiy jasoratini abadiylashtirish maqsadida Rostov oblastida katta yodgorlik o’rnatilgan. Rossiya tuprog’idagi ushbu yodgorlikni aynan Ozarbayjon Respublikasi, bizning xalqimiz o’rnatgan.

77-Simferopol diviziyasining qahramonligi sharafiga Qrimdagi Sapun tog’ida salobatli yodgorlik o’rnatilgandi. Bu ishni ham Ozarbayjon Respublikasi amalga oshirgan.

Ulug’ Vatan urushi davrida qahramonlik ko’rsatgan va qurbon bo’lgan insonlar sharafiga Ozarbayjon Respublikasining har bir burchagida yodgorliklar, xotira taxtachalari o’rnatilgan. Ularni xotiramizda abadiy saqlaymiz. Bugun biz G’alabaning 50 yilligini respublikamizning hayotida faol ishtirok etgan va hozir ham oramizda bo’lgan insonlar bilan birga nishonlamoqdamiz. “Respublika” saroyimizning zalida ko’kragi orden va medallar, alohida nishonlar bilan to’la faxriylar yig’ilganini ko’rishdan juda xursandman. 50 yil avval G’alabani qo’lga kiritish va bugun G’alabaning 50 yilligini nishonlash katta baxt demakdir. Va sizlar buni o’z boshingizdan kechirdingiz. Shu munosabat bilan sizlarga alohida qutlovlar bildirmoqchiman.

O’tgan urush to’g’risida uzoq gapirish mumkin. Lekin bugun bunga ehtiyoj yo’q. Negaki, bu yerda to’planganlarning ko’pchhiligi uni o’z ko’zlari bilan ko’rganlar. Ikkinchi tomondan, yoshlarimiz ushbu urushning dahshatlari, kishilarning qahramonliklari to’g’risida ma’lumot olganlar. Urush vaqtida ko’rsatilgan jasorat va qahramonlik bilan bir qatorda, urush insonlarni yaqinlashtirdi, do’stlashtirdi. Unda turli millat vakillari ishtirok etdilar. Mazkur urushda o’sha vaqtda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan barcha respublikalar, xalqlar, millatlarning vakillari qatnashdilar va bu odamlar frontda, jang maydonlarida, okoplarda bir-birlariga yanada yaqinroq bo’ldilar, bir-birlari bilan do’stlashdilar. Bugungi va ertangi kunimiz uchun bu do’stlik biz uchun juda zarur.

G’alabaga erishilishida jahon xalqlarining, progressiv kuchlarning ishtiroklari bebahodir. 1941-45 yillardagi Ulug’ Vatan urushida qozonilgan G’alabada rus xalqining hissasi yuqori baholanishga munosibdir. Ushbu urushda gitlerchi fashizm ustidan G’alaba qozonilishida Rossiya Federatsiyasidagi, sobiq Sovet Ittifoqidagi har bir xalqning mehnati va hissasi bor. Shu sababdan, bugun bu yerda, mustaqil Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Bokuda G’alabaning 50 yilligini nishonlar ekanmiz, men xalqimiz nomidan, bu yerda to’plangan faxriylar nomidan, Ozarbayjon xalqining tabriklarini sobiq Sovet Ittifoqining barcha respublikalari xalqlariga, rus xalqiga yo’llayman va barchalariga omad tilayman.

Ikkinchi Jahon urushida gitlerchi fashizm ustidan qozonilgan G’alaba fashizmga qarshi kurashga ko’tarilgan barcha xalqlar, mamlakatlarning birgalikdagi say-harakatlari natijasida qo’lga kiritildi. Ma’lumki, o’sha davrda Sovet Ittifoqi, Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Frantsiyadan iborat katta ittifoq asosiy kuchga aylangandi. Ularning hamkorlikdagi faoliyatlari va fashizmga qarshi ittifoq G’alabaning qo’lga kiritilishida alohida o’rin tutadi. Yevropa mamlakatlaridagi qarshilik ko’rsatish harakatlari, fashizmga qarshi kurashga ko’tarilgan, qahramonlik ko’rsatgan, o’zlarini qurbon qilgan insonlar, siyosiy kuchlar, jangchilar fashizmni to’xtatib qoldilar hamda uning yo’q qilinishiga hissa qo’shdilar. Shu sababdan, G’alabaning 50 yilligini nishonlay turib, men dunyodagi barcha xalqlarga ozarbayjon xalqining samimy salomi va tabriklarini yo’llayman. Ozarbayjon xalqi nomidan men Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Frantsiya xalqlariga alohida salomlar va tabriklar yo’llayman.

Ikkinchi Jahon urushi, Ulug’ Vatan urushi tugaganidan buyon 50 yil o’tdi. Ushbu 50 yil ozarbayjon xalqining tarixida katta va muhim o’rin tutadi. O’tgan 50 yil mobaynida, hozirgi kunda bizlar uchun umumiy bo’lmagan ayrim hodisalarni unutmagan holda, ozarbayjon xalqi hayotida katta o’zgarishlar yuz berdi.

Umuman olganda, bu davr ichida dunyoda katta o’zgarishlar yuz berdi, katta jarayonlar yuz berdi. Ozarbayjon xalqi o’tgan 50 yil ichida katta, sharafli yo’lni bosib o’tdi. Bu yillar ichida Ozarbayjon Respublikasida katta iqtisodiy, ilmiy, madaniy salohiyat yaratildi, keng tarmoqli ta’lim tizimiga asos solindi hamda, bugungi kunda, respublikamiz o’tgan 50 yil ichida yaratilgan salohiyatga tayanib yashamoqda va olg’a qadam tashlamoqda. Va bugungi kunda agar biz, fashizm ustidan qozonilgan G’alabadan so’ng xalqimiz bosib o’tgan yo’l milliy ozodlik sari, Ozarbayjon mustaqilligi sari yo’l bo’ldi, deb aytsak yanglishmaymiz. Katta g’urur bilan qayd qilishim mumkinki, ozarbayjon xalqi milliy ozodlikka erishdi, davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi va Ozarbayjon Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyoda o’zining munosib o’rnini egalladi.

Aziz faxriylar, Ozarbayjon Respublikasining mustaqilligini qo’lga kiritishdagi xizmatlaringiz buyukdir. Aynan sizning qahramonligingiz sabab fashizm ustidan G’alaba qilishning imkoni bo’ldi. Aynan sizning fidokorona mehnatingiz tufayli Ozarbayjon 50 yil mobaynida katta taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi va katta iqtisodiy, intellektual salohiyat to’pladi. Shu asosda Ozarbayjon mustaqillikka ega bo’ldi va jahon hamjamiyatida o’z o’rnini egalladi.

Shuning uchun, aziz faxriylar, aziz vatandoshlar, opa-singillar va aka-ukalar, davlatimiz nomidan va shaxsan o’z nomimdan ehtirom hamda minnaddorchilik izhor etaman!

Taassufki, so’nggi yillarda Ozarbayjon katta kulfatlarni boshidan kechirdi, respublikamiz, xalqimiz Armaniston tomonining xurujiga uchradilar. Mana yetti yidirki, urush bormoqda. Biz bu urushda ham katta talofotlar ko’rdik va bu narsa ozarbayjon xalqi uchun fojeaga aylandi. Ozarbayjon hududining 20 foizi bosib olindi, milliondan ortiq fuqarolarimiz qochqinlarga aylandilar. Shuni ham aytish kerakki, Ozarbayjonning botir o’g’lonlari, hududimizni, Vatanimizni himoya qilishda faxriylar tajribasini qo’llagan holda, qahramonlik namunalarini ko’rsatdilar, haq ish uchun kurashda halok bo’ldilar, yerlarimizni himoya qila turib, hayotlarini qurbon qildilar. Ushbu bayram kunida men Ikkinchi Jahon urushida nemis fashizmi ustidan G’alaba qozonish yo’lida halok bo’lgan barcha insonlarning xotirasi qarchisida bosh egaman. Ozarbayjon Respublikasining mustaqilligi, hududiy yaxlitligi uchun halok bo’lgan botir jangchilar xotirasi qarshisida bosh egaman.

Respublikamizning hozirgi kundagi holati, Armanistonning Respublikamizga qarshi harbiy xuruji Ulug’ Vatan urushida orttirilgan tajribaning, faxriylarimizning yerlarimizni, respublikamiz mustaqilligini himoya qilish, armiyamizni mustahkamlash ishida orttirgan tajribalaridan foydalanishga undamoqda. Shuning uchun men, Ulug’ Vatan urushi faxriylarining yosh avlodga beradigan pand-nasihatlarini, mustaqil Ozarbayjon davlatini qurishda, armiyamizni mustahkamlashdagi rolini beqiyos hisoblayman. Faxriylarimiz hozir ham safda ekanliklariga, respublikamizning hududiy yaxlitligini himoya qilish yo’lida hormay-tolmay mehnat qilishga tayorliklariga ishonch bildirmoqchiman. Hozirgacha faxriylar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholayman hamda ularga kelajakdagi ishlarida katta yutuqlar tilayman.  

Ozarbayjon xalqi – tinchlikparvar xalq. Va tinchlikparvar xalq sifatida tinchlik, xafvsizlik, insoniyatni fashizmdan xalos etish uchun gitlerchi fashizmga qarshi urushda kurashga qo’zg’aldi. Ozarbayjon xalqi bugun ham jang qilmoqda, o’z hududini, yerlarini, Vatanni, davlatining mustaqilligini himoya qilish uchun kurashmoqda. Biz urushni istamaymiz. Biz – urush tarafdorlari emasmiz. Biz hech kimning yerlariga ko’z olaytirmayapmiz. Ammo o’z yerlarimizni ham hech kimga bermaymiz.

O’n bir oy avval biz Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida borayotgan urushda, aynan tinchlikparvarlik tamoyillariga asoslangan holda, o’t ochishni to’xtatish maqomi to’g’risida kelishuvga erishdik. Butun o’tgan vaqt mobaynida o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilib keldik. Qarshingizda bugun nutq so’zlar ekanman, yana bir marta aytamanki, Ozarbayjon davlati Tinchlik to’g’risisda katta sulh tuzulgunga qadar mazkur o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilaveradi. Biz Armaniston va Ozarbayjon o’rtasidagi urushga barham bermoqchimiz, ushbu keskinlikni tinch yo’l bilan hal qilmoqchimiz. Bugun Ozarbayjonga MDH Parlamentlariaro Assambleyasining katta delegatsiyasi keldi. Ular huzurimizda bo’ldilar. Uchrashuvlar, muzokaralar bo’lib o’tdi. G’alabaning 50 yillik bayramini ular biz bilan, ana shu zalda nishonlamoqdalar. Men ularni qutlayman. Ozarbayjon xalqi nomidan, sizlarning nomingizdan ularni ushbu bayram bilan tabriklayman. Ularning faoliyatlari mintaqada tinchlik, xafvsizlikni tiklashga qaratilgan bo’ladi, Ozarbayjonning mazkur tichlikparvar siyosatini muvaffaqiyat bilan tadbiq etishga ular ham harakat qiladilar, deb o’z ishonchimni bildirmoqchiman.

Biz o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilamiz. Biz tinchlik istaymiz. Biroq tinchlik faqat va faqat Ozarbayjon Respublikasi hududiy yaxlitligini ta’minlash, davlat chegaralarining dahlsizligi, mamlakatimizning mustaqilligi va suverenitetini ta’minlash shartlari asosida bo’lishi mumkin. Biz shu asosda muzokaralar olib bormoqdamiz va ularni davom ettiramiz. Shuningdek, men ushbu faoliyatga jalb etilgan barcha xalqaro tashkilotlar, barcha mamlakatlarning yuqoridagi savollarga yondoshuvlari adolatli bo’ladi, ular respublikamiz tushib qolgan holatni anglab yetadilar, bizning mintaqamizda uzoq muddatli yarashuvga erishish, uni ta’minlashga aynan ana shu tamoyillar asosida intilajagimizdan xabardor bo’ladilar, deb o’ylayaman.

Bugun bir guruh faxriylarga G’alabaning 50 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan medallarni topshirdim. Medallarni qabul qilib olishar ekan, ular biz yangi G’alabani nishonlaydigan kun kelsin, deb hammalari bir xil niyat bildirdilar. Ularning niyatlariga qo’shilishaman. Ozarbayjon yerlari bosqinchilardan ozod qilinadigan kun tezroq kelsin!

Bosib oligan yerlarni tark etishga majbur bo’lgan Ozarbayjon fuqarolari o’z uylariga, ona yerlariga qaytadigan o’sha kun kelsin! Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi to’liq, abadiyga tiklanadigan o’sha kun kelsin! Yana bir marta qayd qilamanki, biz bularning hammasiga tinch yo’l bilan erishmoqchimiz. Biz bunga erishamiz, o’sha kun keladi, shunday bayramni nishonlaymiz, deb ishonaman.

Aziz faxriylar!

Aziz opa-singillar, aka-ukalar!

Yana bir marta, butun qalbimdan, sizlarni tabriklayman. Barchalaringizni, urush faxriylari, mahkam bag’rimga bosaman, sizlarga o’z hurmatim va ehtiromimni bildiraman. Barchangizga salomatlik, baxt, uzoq yillar omon bo’lishni tilayman. Rahmat.