Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Xaydar Aliyevning turkiyzabon davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi IV uchrashuvida so’zlagan nutqi – Toshkent, 21 oktyabr 1996 yil


Muhtaram davlatlar rahbarlari, 

Xonimlar va janoblar, 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga mehmondo’stlik va uchrashuvimizning a’lo darajada tashkil qilingani uchun qalbdan minnaddorchilik bildiraman. Toshkent forumining oliy darajadagi ishtirokchilari – muhtaram birodarlarim – Turkiya Respublikasi prezidenti Sulaymon Demirel, Qozog’iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg’iziston Respublikasi prezidenti Asqar Akayev, Turkmaniston prezidenti Saparmurat Niyazov, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islam Karimovga salomlar yo’llayman, sizlarga va xalqlaringizga baxt hamda farovonlik tilayman. 

Forumimizning 1992 yilda Anqarada boshlab berilgan oliyjanob ananalari  davom etayotganliklarini, birodarligimiz va hamkorligimiz mustahkamlanayotgani hamda muvaffaqiyat bilan rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd qilaman. Turkiyzabon davlatlarning oliy darajadagi uchrashuvlari zaruriyat hamda samarador ekanini hayotning o’zi tasdiqladi va men birodar Turkiyaga, uning prezidenti, do’stimiz Sulaymon Demirelga tashabbusi hamda forumimiz g’oyalarini hayotga tadbiq etishdagi say’-harakatlari uchun alohida minnaddorchilik bildiraman. 

O’tgan yillarga baho berib, shuni baralla aytish mumkinki, o’tish davrining ma’lum qiyinchiliklariga qaramay, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o’ta jiddiy sinovlardan muvaffaqiyat bilan o’tdilar va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan natijalarni qo’lga kiritdilar. Mamlakatlarimizning davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik huquqiy davlatga asos solish, siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti dastaklarini qaror toptirishlari biz bosib o’tgan yo’lning tom ma’nodagi natijalaridir. 

Maqsadlarimiz va vazifalarimizning mushtarakligi, bizlar hal qilayotgan muammolarning o’xshash ekanliklari umumiy tarixiy, madaniy tomirlar va ananalar, yagona madaniy, til va diniy poydevorga ega bo’lgan xalqlarimizni va mamlakatlarimizni bog’lab turuvchi muhim omillardir.

Mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, Anqaradagi birinchi uchrashuvimizdan keyin o’tgan vaqt mobaynida turkiyzabon davlatlarning ikki tomonlama aloqalari yanada taraqqiy topdilar, ko’plab oliy darajadagi uchrashuvlar, xalqaro forumlar doirasida muloqatlar hamda muzokaralar o’tkazildi. Turkiyzabon davlatlar rahbarlari orasida yaqin shaxsiy aloqalar, do’stona, ishonarli munosabatlar qaror topdi. 

Mazkur uchrashuvlar hamda muzokaralarda muhim davlatlararo bitimlar imzolandi, ularning amalga oshisrilishlari mamlakatlarimiz orasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, ma’naviy, madaniy aloqalarimizni kengaytirishga, davlatlarimiz mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo’shadi. Shaxsiy, do’stona munosabatlarmiz, tez-tez o’tkazadigan uchrashuvlarimiz bir-birlarimizni tushunishni, eng muammoli masalalrni birgalikda hal qilishni osonlashtiradilar. Binobarin, bizning forum uzul-kesil shakllandi va tan olindi, xalqaro mavqe’ga ega bo’ldi, uning kelajagi porloq, deb aytishga barcha asoslar bor. 

Mamlakatlarimizning muhim geo-siyosiy joylashuvlari, ulkan tabiiy boyliklar, xalqlarimizning yuqori zakovati va mehnatsevarligi, mustaqillik va suverenitet, biz amalga oshirayotgan demokratik, bozor islohatlari mintaqamizni jahondagi eng rivojlangan va gullab-yashnayotgan mintaqalardan biriga aylantirish imkonini beradi. 

Aziz do’stlar, 

Bugun baralla aytish mumkinki, bizning hamkorligimiz o’z mevalarini bera boshladi. Biz mamlakatlarimizni o’zaro, yaqindan bog’laydigan, bizlarga Evropa, Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq, butun dunyo sari yo’l ochib beradigan kommunikatsiya tizimlarini qurish loyihalarini amalga oshirishga kirishdik. Evropa va Osiyoni o’zaro bog’lagan mashhur Ipak Yo’lining merosxo’ri bo’lgan, Evropa Ittifoqi yordamida amalga oshirilayotgan TRASEKA aynan shunday loyihadir. O’zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya imzolagan, Markaziy Osiyoni Evropa bilan eng qisqa va ishonchli yo’l vositasida bog’laydigan transkavkaz yo’lagidan foydalanish bo’yicha to’rt tomonlama kelishuvlar ham mazkur maqsadga xizmat qiladi. Ushbu kelishuvga Qozog’istonning qo’shilganini qutlayman. 

Biz Kaspiy dengizining ozarbayjon sektorida AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Eron, Frantsiya, Italiya, Norvegiya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar yirik neft kompaniyalari bilan hamkorlikda neft va gaz qazib olish bo’yicha yirik loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. 

Ma’lumki, shunga o’xshash loyihalar Qozog’iston va Turkmaniston tomonidan, Kaspiy dengizining qozoq va turkman sektorlarida amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekiston va Ozarbayjondan neft hamda gazni jahon bozorlariga eksport qilish uchun quvur-o’tkazgich qurush zaruriyati tug’iladi. Mamlakatlarimiz ushbu, o’ta muhim masalani hal qilish uchun yanada yaqindan hamkorlik qilishlari mumkin, deb hisoblayman. Quvurlarni eng ma’qul va xavfsiz yo’nalishida, ya’ni Markaziy Osiyo-Kaspiy-Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya-Qora dengiz-O’rta Yer dengizi yo’nalishida yotqizishni ma’qul ko’rgan bo’lardim. 

Milliy madaniyatlarimiz va ma’naviy merosimizni taraqqiy ettirish sohasida umimiy say’-harakatlarimiz o’laroq shakllangan samarali hamkorlik mamnuniyat uyg’otadi. Buyuk mutafakkirlarimiz, adabiyotimiz va san’atimizning mumtoz asarlari, ming yillab tarixga ega og’zaki ijodimiz va ularning “Dada Qo’rqut”, “Manas”, “Alpomish” kabi namunalari umumiy madaniy boyligimiz, xalqlarimizning oliy ma’naviyati va axloqining asosi, barchamizni insoniylik hamda saxovat ananalarida voyaga yetkazgan umimiy tomirlarimizdir. Buyuk qozoq mutaffakiri, shoir Abayning Olmatada o’tkazilgan 150 yilligi, Bishkekda o’tkazilgan “Manas” eposining ming yilligi tantanalarida chuqur hurmat hisi bilan ishtirok etdim. Madaniyat va fan muassasalarimiz bundan buyon ham o’zaro aloqalarni kuchaytiradilar, ma’naviy madaniyatimizni hamkorlikda o’rganadilar va targ’ib qiladilar, deb o’ylayman. 

Toshkent uchrashuvimiz o’zbek xalqining buyuk o’g’loni Amir Temurning 660 yilligi tantanalari kunlariga to’g’ri kelgani quvonarlidir. Uning xotirasiga bag’ishlangan bayram tantanalarida turkiyzabon davlatlar prezidentlarining ishtirik etayotganlari muhim tarixiy voqea, mushtarak tabarruk merosimizga hurmat, tobora mustahkamlanib borayotgan birligimizning tasdig’idir. 

Ma’lumki, UNESCO qaroriga muvofiq butun dunyoda Sharqning buyuk ma’rifatparvari, ozarbayjon shoiri Fuzuliyning 500 yillik yublieyi nishonlanmoqda. Anqara, Tehron, Bag’dod, Karbalo, Moskva, Parijdagi UNESCO qarorgohida yubiley tantanalari bo’lib o’tdi. 6 – 9 noyabrda, Bokuda barcha turkiyzabon xalqlarning buyuk farzandi – Fuzuliy xotirasiga bag’ishlangan yakuniy tantanalar bo’lib o’tadi. Imkoniyatdan foydalanib, aziz do’stlar, barchalaringizni Ozarbayjondagi yubiley tantanalarida ishtirok etishga taklif qilaman. 

Janobi Oliylar! 

XX asrning nihoyasida dunyoning geo-siyosiy xaritasini o’zgartirib yuborgan voqealar sodir bo’ldi. Totalitar rejimlarning qulashlari, yangi davlatlarning mustaqillikka erishishlari, demokratik qadriyatlarning dunyoga yoyilishlari – bularning barchasi chuqur mamnuniyat hisini uyg’otadi. 

Lekin ayni paytda, dunyo xavfsiroq bo’lib qolgani yo’q. Separatizm, hujumkor millatchilik va xalqaro terrorizmning ko’rinishlari, mavjud davlat chegaralarini o’zgartirish maqsadida kuch ishlatishga urinishlar xalqaro maydonda, shu jumladan mintaqamizdagi barqarorlikka bevosita tahdiddir. Bu holat xalqaro huquq me’yorlariga, hududiy yaxlitlik tamoyillariga, xalqaro darajada tan olingan chegaralar va mamlakatlarimiz suverenitetlari dahlsizligiga og’ishmay amalga qilishni qat’iyat bilan tadbiq etish va himoyalash zaruriyatini taqozo qilmoqda. 

Mana sakkiz yildirki, Armaniston Respublikasining mustaqil Ozarbayjon Respublikasiga qarshi agressiyasi davom etmoqda. Uning natijasida hududimizning 20 foizi bosib olindi, milliondan ortiq fuqarolarimiz qochqinlarga aylanib, chodirlar shaharchalarida o’ta og’ir sharoitlarda kun kechirmoqdalar. 

1994 yilning may oyida o’t ochishni to’xtatishga erishildi, qo’n to’kish barham topdi. Lekin, YXHT Minsk guruhi doirasida, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar jarayonidagi barcha say’-harakatlarimizga qaramay, tinchlik bitimi hali-hanuz imzolanmadi, vahshiyona vayron qilingan hamda talab ketilgan ozarbayjon shaharlari ba qishloqlari hamon bosqinchilar zulmi ostida qolmoqda. 

Tinchlikka erishish uchun biz o’z tomonimizdan barcha zarur ishlarni amalga oshiryapmiz. Tog’li Qorabog’dagi armanilarga Ozarbayjon davlati tarkibida eng yuqori darajada avtonomiya berishga tayor ekanimiz to’g’risida men bir necha marta bayonot berganman. 

Ayni paytda biz Tog’li Qorabog’ga mustaqillik berish yoki uni Armanistonga qo’shib yuborish haqidagi arman tomoni takliflariga hech qachon rozi bo’lmaymiz. Biz Ozarbayjon milliy manfaatlarining kamsitilishiga yo’l qo’ya olmaymiz. Aytmoqchi, bunday urunishlar xalqaro huquq me’yorlari va tamoyillariga ziddir. Bugungi dunyoda hududiy bosqinlarni qonunlashtirishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bu holat qayerda sodir bo’lmasin, hech bir mamlakat uni qabul qilmasligi kerak. 

Biz bundan buyon ham arman-ozarbayjon nizosini hal qilish, arman qurolli tuzulmalarini barcha bosib olingan ozarbayjon hududlaridan chiqarish, ozarbayjon qochqinlarini ona tuproqlariga qaytarish, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash yo’lida say’-harakatlarimizni davom ettiraveramiz. Ushbu adolatli maqsadlarga erishish yo’lida jahon jamoatchiligining ko’magi hamda qo’llab-quvvatlashiga, sizlarning, aziz do’stlar, qo’llab-quvvatlashingizga suyanamiz. 

So’zimning nihoyasida Toshkentdagi uchrashuvimiz turkiyzabon davlatlar hamkorligini yanada mustahkamlash yo’lida, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni ta’minlashda muhim bosqich bo’ladi, deb umid bildirishga ijozat etgaysiz. Men prezident Islom Karimovning forumimizning doimiy faoliyat yurituvchi kotibitiyatini tuzish to’g’risidagi taklifini to’la quvvatlayman. 

E’tiborlarinigiz uchun tashakkur. 

"Бакинский рабочий" gazetasi, 24 oktyabr 1996 yil