Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning BMT Bosh Assambleyasining 49-sessiyasida so`zlagan nutqi - Nyu-York, 29 sentyabr 1994 yil



"...Ozarbayjon Respublikasining mavqe`i har doim konstruktiv va tinchlikparvar bo`lgan. Yetkazilgan zararga qaramay, biz arman tomoniga xalqaro adolat va insonparvarlik huquqi asosida sulh taklif qilamiz. Biz Tog`li Qorabog`ning arman aholisiga xavfsizlik kafolatini berishga tayormiz. Ikki tomonlama asosda mintaqadagi kommunikatsyalarning normal faoliyatini tiklash, jumladan Tog`li Qorabog` va Armaniston Respublikasi orasidagi insonparvarlik yo`lagini tiklash tarafdorimiz. Zaruriyat bo`lsa, ziddiyat hududida xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishga rozimiz. Ozarbayjon davlati tarkibida Tog`li Qorabog` mavqe`ini muhokama qilishga ham tayormiz.

Biroq, Ozarbayjonning suvereniteti va hududiy yaxlitligi, bosib olingan barcha yerlarning ozod qilinishi, qochqinlarni uylariga, jumladan 50 ming qochqin-ozarbayjonni Vatanlari – Tog`li Qorabog`ga qaytarilishi biz uchun o`zgarmas me`yorlar va tamoyillardir..."