Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning Qurbon Hayiti munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga tabrigi - 2003 yil, 10 fevral

Hurmatli opa-singillar va aka-ukalar! 

Sizlarni umum jahon musulmonlarining muqaddas bayrami - Qurbon Hayiti bilan chin yurakdan tabriklayman. 

Musulmonlar tomonidan birdamlik va birodarlik ramzi sifatida katta tantana bilan nishonlanadigan Qurbon Hayiti odamlarga buyuk umuminsoniy hamda ma`naviy qadriyatlarga yondoshish imkonini yaratib beradi. Insoniylik, bag`rikenglik va shafqat kabi islomiy tamoyillarga doimo sodiq bo`lib kelgan ozarbayjon xalqi o`z tarixining eng murakkab damlarida ham Qurbon Hayitini o`zining eng qadrli bayramlaridan biri sifatida nishonlab kelgan. Davlat mustaqilligimiz tiklanganidan so`ng ushbu ayyomning rasmiy bayram qilinishi xalqimizning o`z milliy va diniy ananalariga sodiqliqinig yorqin ifodasidir. Kishilarni bir-birlari bilan yanada yaqinlashtiradigan va qadrdonlashtiradigan ushbu bayram kunida qalblardan adovat hamda g`azab yo`qoladi, fidoiylik va hamdardlik hissiyotlari kuchayadi, marhum oila a`zolari hamda yaqin kishilari yodga olinadi, aziz insonlarning ruhlariga bag`ishlab duolar qilinadi. 

Ushbu tabarruk bayram ayyomida men Yaratgandan Ozarbayjonning mustaqilligi hamda hududlarimizning dahlsizligi uchun jonlarini qurbon qilgan o`g`illarimiz va qizlarimizni rahmat qilishini so`rayman. Umid qilamanki, ushbu muqaddas bayram kunlaridagi, qadrdon yerlaridan quvg`in qilingan vatandoshlarimizning uylariga qaytishlari bilan bog`liq barcha orzulari va istaklari ro`yobga chiqadi. Bizning barcha katta milliy va diniy bayramlarimiz qatori, muborak Qurbon Hayiti ham xalqimizni yuksak orzular atrofida yanada jipslashishiga xizmat qilsin, Ozarbayjon ozod, mustaqil va demokratik davlatining kelajakdagi taraqqiyoti yo`lida barcha ozarbayjonlar orasidagi umum milliy hamkorlikni mustahkamlasin! 

Yagona Yaratuvchi Islom dinini yaratishni tugatgan va uni insonlarga vaxiy orqali yuborgan ushbu qadrli bayram kunida sizlarni chin qalbimdan yana bir bor muborakbod etaman, har biringizga mustahkam sog`liq, baxt, tinchlik va farovonlik tilayman. 

Bayramingiz muborak bo`lsin!