Xojali fojiasi – insoniyatga qarshi jinoyat

Arman millatchilari tomonidan ozarbayjon xalqiga nisbatan olib borilayotgan qirg`in va tajovuz siyosati ikki yuz yildan ko`proq tarixga ega. Ozarbayjonlarni qadrdon tuproqlaridan siqib chiqarish va u yerlarda arman tarixchilari hamda mafkurachilari o`ylab topgan «Buyuk Armaniston»ni ta`sis etish ushbu siyosatning maqsadlaridir. O`zlarining manfur va xavfli siyosatlarini amalga oshirish yo`lida ular turli usullar va vositalardan - tarixiy ma`lumotlarni soxtalashtirishdan, siyosiy ig`volardan foydalanib kelganlar, jangovar millatchilik, ayirmachilik va qo`shni xalqlarga nisbatan tajovuz davlat darajasida qo`llab-quvvatlab kelingan. Shu maqsadda Armaniston va ayrim xorijiy davlatlarda «milliy-madaniy», diniy, siyosiy va hatto terrorchilik tashkilotlari tuzulgan, arman diasporasi va lobbisining imkoniyatlari safarbar etilgan.

XIX asrning birinchi choragida bo`lib o`tgan Rossiya va Eron o`rtasidagi urushlar natijasida ozarbayjon yerlarining ikkiga bo`linib ketishi bilan Qorabog hududiga Eron va Turkiyadan armanlarni ommaviy ravishda ko`chirish boshlab berilgan, natijada Qorabog` hududida demografik shart-sharoit tubdan o`zgargan. 1905 yilda arman millatchilari ozarbayjonliklarga nisbatan ularning o`z yerlarida qirg`in uyushtirganlar, yuzlab aholi punktlari buzib tashlangan. 1918 yilda, siyosiy va harbiy rahbariyati asosan armanlardan iborat bo`lgan, Boku kommunasi ko`magida maqsadi Boku guberniyasini ozarbayjonlardan tozalashdan iborat bo`lgan manfur reja amalga oshirilgan. Natijada o`n minglab tinch aholi yo`q qilingan, aholi punktlari, madaniy yodgorliklar, masjidlar va maktablar vayron qilingan. Ganja, Shamaxi, Guba, Lyankyaran, Qorabog`, Mug`an va Ozarbayjonning boshqa hududlarida armanlar tinch ozarbayjon aholisiga nisbatan jazo choralarini amalga oshirganlar.

Ozarbayjonlarga nisbatan ommaviy qirg`in va ko`chirish siysati millatlar va elatlar tengligini shior qilib olgan sovet hokimiyati davrida ham hiyla va ayorona usullar bilan davom ettirildi. Ushbu davr mobaynida Ozarbayjonga nisbatan ko`plab noto`g`ri va adolatsiz qarorlar qabul qilindi. 20-yillarda ozarbayjon hududi bo`lib kelgan Zangezur hech bir asoslarsiz Armanistonga berib yuborildi, natijada Ozarbayjonning qadimiy hududi – Naxchivan Vatanimizning qolgan qismidan uzib qo`yildi. Tog`li Qorabog`da arman avtonomiyasi tuzildi.

SSSR rahbariyati tomonidan qabul qilingan majburiy qaror natijasida 1948-1953 yillarda armanlar yuz minglab ozarbayjonlarni o`z yerlaridan ko`chirishga va, pirovardida, Armaniston hududida monoetnik respublika tuzishga muvaffaq bo`ldilar.

1988 yilda asossiz boshlanib ketgan Tog`li Qorabog` ziddiyati, ozarbayjon yerlarida avj olgan arman zulmi va ushbu zulmning qurboniga aylangan begunoh ozarbayjon aholisining achchiq alamlari, afsuski, SSSRning sobiq rahbariyati va taraqqiy etgan dunyo tomonidan befarq sukunat bilan qarshi olindi. Bunday holatdan ilhomlangan va foydalangan armanlar ozarbayjonlarga nisbatan ommaviy qirg`in siyosatini bosqichma-bosqich davom ettirishga va tarixda misli ko`rilmagan jinoyatlarni amalga oshirishga kirishdilar. Arman qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjon hududining 20 foizi, jumladan Tog`li Qorabog` atrofidagi 7 tuman – Kelbadjar, Lochin, Fizuli, Jebrail, Gubadli va Zangilan bosib olindi. Bir milliondan ortiq ozarbayjonlar o`z yerlaridan vahshiyona quvg`in qilindilar, o`n minglab odamlar o`ldirildi, majruhlarga aylandilar, asirga olindilar. Yuzlab uy-joylar, minglab madaniy, ta`lim va sog`liqni saqlash muassasalari, madaniy va tarixiy yodgorliklar, masjidlar, ziyoratgohlar, qabristonlar arman vandalizmining qurbonlariga aylanib, yer bilan yakson qilindilar.

Ziddiyatning birinchi yillarida arman qurolli bosqinchilari tomonidan Tog`li Qorabog`ning Kyarkijahan, Meshali, Gushchular, Garadagli, Agdaban va ozarbayjonlar yashaydigan boshqa qishloqlarda amalga oshirilgan qonli voqealar, va, nihoyat, Xojali qirg`ini jinoyatdirlar va «ezilgan hamda ko`p uqubat chekkan armanlarning» vijdonlarida abadiy qora dog` bo`lib qoladilar.

Xojali fojiasi monoetnik davlat va «Buyuk Armaniston» tuzish bo`yicha shovinistlarcha siyosat mualliflari – armanlar tomonidan ozarbayjon xalqiga nisbatan amalga oshirilgan XX asrning eng vahshiyona jinoyatlaridan biridir. XX asrning nihoyasida arman bosqinchilari, jazodan holi ekanliklari natijasida, qilmishlari hozirgacha jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan o`rganilmaganligi, qoralanmaganligi va oldi olinmaganligi natijasida, insoniylikka qarshi vahshiyona jinoyatlar va shafqatsizliklar qilib, 1905 yilda boshlangan ozarbayjon yerlarini bosib olishni davom ettirdilar.

Ozarbayjon tarixiga qora hatflar bilan bitilgan 1992 yilning 26 fevrali tunida, SSSR davridan boshlab Xankendi shahriga joylashtirilgan, shaxsiy tarkibining sezilarli qismi armanlardan iborat bo`lgan 366-moto-o`qchi polkning texnikasi hamda harbiylari ko`magida, arman qurolli kuchlari qadimiy shahar Xojalini yer bilan yakson qildilar.

Dastavval Xojali to`plar va boshqa harbiy texnikadan jadal o`qqa tutish natijasida vayron qilindi. Shahar hududida yong`inlar boshlandi. Keyin, tirik qolgan aholini shafqatsizlarcha qirg`in qilgan piyoda kuchlar shaharga bir necha yo`nalishda bostirib kirdilar.

O`sha kuni, qisqa vaqt ichida arman qurolli guruhlari vahshiyona qiynoqqa solishlar bilan 613 tinch aholini yo`q qildilar, 421 nafariga esa, og`ir jarohatlar yetkazdilar.

Qamaldan qutilib chiqishga muvaffaq bo`lgan tinch aholi vakillari o`rmonlarda pistirma uyushtirgan arman harbiylari tomonidan o`ta shafqatsizlarcha qatl qilindilar. Ko`zlari qonga to`lgan jallodlar insonlarning bosh terisini shilib oldilar, go`daklarning ko`zlarini o`ydilar, homilador ayollarning qorinlarini yordilar, odamlarni tiriklayin yerga ko`mdilar yoki ularni yoqib yubordilar, murdalarning bir qismini esa, minalashtirdilar.

Bu davr ichida 1275 nafar odam daraksiz yo`qoldi va asrga olindi, 10 ming nafar aholisi bo`lgan shahar vayron qilindi, binolar buzib tashlandi va yoqib yuborildi. 150 nafar insonning, jumladan 68 ayol va 26 bolaning taqdiri hali-hanuz noma`lum bo`lib qolmoqda. Fojia natijasida tinch aholi orasida 1000 dan ortiq odam o`q tegishi natijasida turli darajada jarohat olib, majruh bo`ldilar. O`ldirilganlar orasida 106 ayol, 83 nafar yosh bola, 70 ta qariya bor. 487 odam, jumladan 76 o`spirin mayib bo`ldilar.

Ushbu harbiy-siyosiy jinoyat natijasida 6 oila to`laligicha yo`q qilindi, 25 bola ham ota, ham onadan judo bo`ldi, 130 bola yo ota, yo onadan judo bo`ldi. Qurbonlardan 56 nafar odam tiriklayin yoqib yuborildi.

Ozarbayjon Respublikasi prezidenti janob Ilhom Aliyev Xojali qirg`inining yodga olinishi munosabati bilan ozarbayjon xalqiga qilgan murojaatida aytganidek, «hech bir harbiy zaruriyatsiz yuzlab tinch aholi vakillari tarixda misli ko`rilmagan shafqatsizlik bilan o`ldirildi, ularning murdalari esa, haqorat qilindi. Bolalar, ayollar, qariyalar, butun boshli oilalar yo`q qilindi. XX asrning oxirida nafaqat ozarbayjon xalqiga, balki butun insoniyatga qarshi eng og`ir jinoyatlardan biri amalga oshirildi. Xojali fojiasi og`irligi, vahshiyligi va shafqatsizligi bilan insoniyatga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlar ichida alohida o`rin egallaydi».

Tarixda misli ko`rilmagan bunday vahshiyliklar XX asrning oxirida va butun dunyoning ko`z o`ngida insonlar tomonidan amalga oshirilganligini tasavvur qilish mushkul ish.

Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va davlat mustaqilligiga qarshi qaratilgan terror siyosatining namoyish etilishi bilan bir qatorda, ushbu shafqatsiz va ommaviy qirg`in tadbiri nafaqat ozarbayjonlar, balki umuman insoniyatga qarshi og`ir jinoyatdir. Xojalida ushbu terrorni amalga oshirar ekanlar, arman millatchilari bosqinchilarga yerlarini berib qo`yishni xohlamayotgan ozarbayjon xalqini qo`rqitish, uning kurashga bo`lgan irodasini sindirish hamda yo`q qilishni oldilariga maqsad qilib qo`ygandilar.

Xo`jali shahriga hujum operatsiyasiga 366-polkning 2-batalyoni komandiri Seyran Oganyan, 3-batalyon komandiri Evgeniy Nabokix, 1-batalyon shtabi boshlig`i Valeriy Chitchyan rahbarlik qildilar. 90 dan ortiq tank, jangovar mashinalar va boshqa harbiy texnika operatsiyaga jalb qilindilar. Tinch aholini qirg`in qilishda polkning harbiy xizmatchilari Slavik Arutunyan, Andrey Ishxanyan, Sergey Beglaryan, Movses Akopyan, Grigoriy Kisebekyan, Vachik Mirzoyan, Vachagan Ayriyan, Alexandr Ayrapetyan va boshqalar, arman qurolli tuzulmalari a`zolaridan – Karo Petrosyan, Seyran Tumasyan, Valerik Grigoryan va boshqalar faol ishtirok etdilar. Ma`lum bo`ldiki, Xo`jalidagi tinch aholiga shafqatsizlarcha zo`ravonlik qilishda ishtirok etganlar orasida Xankendi shahri ichki ishlar bo`limi boshlig`i Armo Abramyan, Askeran tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i Mavrik Gukasyan, uning o`rinbosari Shagen Barsegyan, Tog`li Qorabog`dagi arman xalq fronti raisi Vitaliy Balasanyan, Xankendi shahar qamoqxonasi boshlig`i Serjik Kocharyan va boshqalar bo`lganlar.

Xojali qirg`ini amalga oshirilayotgan davrda mayor unvonida bo`lgan S.Oganyan hozir general unvonida bo`lib, Armaniston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimini egallab turibdi. Ushbu jinoyatning qator ishtirokchilari ham Armaniston tuzgan qo`g`irchoq tizimda hamda Armaniston davlat organlarida turli lavozimlarni egallab turibdilar.

BMT Bosh Assambleyasining 1946 yil 11 dekabrida qabul qilingan 96-Qarorida ko`rsatilganidek, ommaviy qirg`in – genotsid, insonlar guruhlarining yashash huquqlarini pisand qilmaslik bilan, insoniy g`ururni toptaydi, insoniyatni odamlar yaratgan moddiy va ma`naviy qadriyatlardan mahrum qiladi. Bunday xatti-harakatlar BMT maqsadlari va vazifalariga mutlaqo ziddirlar. BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 9 dekabrda qabul qilingan va 1961 yildan kuchga kirgan «Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash» haqidagi Konventsiyada genotsid jinoyatining huquqiy asosi mustahkamlanib qo`yilgandi. Konventsiyaga qo`shilgan davlatlar zimmalariga ommaviy qirg`inning oldini olish va aybdorlarini jazolash choralarini ko`rish mas`uliyatini oldilar va genotsidning, u tinchlik yoki urush davrida amalga oshirilganidan qat`iynazar, xalqaro huquq meyorlarini buzuvchi jinoyat ekanini tasdiqladilar. Xo`jalida amalga oshirilgan vahshiyona jinoyatning mohiyati va ko`lamlari, jinoyat jarayonida ushbu Konventsiyada ifodasini topgan, genotsidning jinoyat ekanini tasdiqlaydigan barcha xatti-harakatlarga yo`l qo`yilganini ko`rsatib turibdi. Rejalashtirilgan ommaviy va shafqatsiz qirg`in ushbu hududda yashagan insonlarni, ular aynan ozarbayjon bo`lganliklari uchun, butkul qirib tashlash uchun amalga oshirilgandi.

Armaniston tomonidan urush vaqtida rioya qilinishi kerak bo`lgan xalqaro huquqiy meyorlarni pisand qilinmaganligi bilan bog`liq xatti-harakatlar shularning o`zi bilan chegaralanmaydilar. Xalqaro gumanitar huquq talablariga muvofiq, urush harbiy ziddiyat tomonlarining qurolli kuchlari orasidagina olib borilishi kerak. Fuqarolar janglarda ishtirok etmasliklari va ularga hurmat ko`rsatilishi kerak. «Urush davrida fuqaro shaxslarni himoya qilish to`g`risidagi» Jeneva konventsiyasining 3 IV moddasiga muvofiq, fuqarolarning hayoti va xavfsizligiga tahdid qilish, jumladan turli usullar bilan qatl etish, yarador va mayib qilish, aholi bilan shafqatsiz munosabatda bo`lish, azoblar va qiynoqlarga solish, insoniylik sha`niga tahdid qilish, aholiga nisbatan haqoratlar va kamsitishlar ta`qiqlanadi. Konventsiyaning 33 bandida ko`rsatilganidek, hech bir tinch fuqaro o`zi sodir etmagan jinoyat uchun jazolanishi mumkin emas.

Tinch aholiga nisbatan ommaviy jazo choralarini, terror xatti-harakatlarini va qatag`onni qo`llash, uni qo`rquvga solish uzul-kesil ta`qiqlanadi. Mazkur Konventsiyaning 34-moddasiga muvofiq fuqarolarni garovga olish ham ta`qiqlanadi. Lekin armanlar ushbu tamoyilga ochiqchasiga hurmatsizlik bilan qarab, Xojalining o`zidayoq mingdan ortiq odamni garovga oldilar. Ushbu huquqiy meyorlqrni pisand qilmay, arman qurolli kuchlari Xojalining tinch aholisini yo`q qilish uchun shafqatsiz usullardan foydalandilar. Yuqorida qayd qilinganlar 1948 yilning 9 dekabridagi «Ommaviy qirg`inning oldini olish va uning uchun jazolash» to`g`risidagi Konventsiyada ko`zda tutilgan genotsid jinoyatini sodir qilganlik sharoitlari to`g`risidagi moddaga mos keladi.

Xojalini ishg`ol qilish vaqtida tinch ozarbayjon aholisiga nisbatan aql bovar qilmaydigan vahshiyliklarni amalga oshirgan va mazkur jinoyatlari bilan Jeneva konventsiyasi talablarini, «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning 2,3,5,9 va 17 moddalarini, «Favqulodda holatlarda va harbiy to`qnashuvlar vaqtida bolalar va ayollarning himoyasi to`g`risidagi» Konventsiya, «Genotsid jinoyatining oldini olish va buning uchun jazolash to`g`risidagi» Konventsiya talablarini buzgan bo`lsalarda, hozirgacha jazoga tortilmadilar. Jazoga tortilmaslik esa, yangi jinoyatlar uchun asos yaratib beraveradi.

Armaniston amalga oshirgan vahshiyliklaridan cho`chimayapti, aksincha, u ozarbayjonlarga nisbatan amalga oshirilgan genotsidni vijdonsizlarcha oqlamoqda, uni amalga oshirganlar esa, milliy qahramonlar, deb hisoblanmoqdalar. Armanistonda ochiqchasiga aksilozarbayjon siyosati yuritilmoqda, davlat miqyosida yangi ozarbayjon hudularini bosib olish uchun mafkuraviy asoslar yaratilmoqda. Soxtalashtirilgan arman tarixi, arman yoshlarini shovinizm ruhida tarbiyalashga zamin yaratish maqsadida, davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan.

Qanchalar g`alati bo`lmasin, qator mamlakatlar parlamentlari a`zolari, Xojali fojiasi misolidagi oshkor genotsidga ko`z yumgan holda, «armanlar genotsidi» to`g`risidagi afsonani muhokama uchun mavzuga aylantirdilar hamda, tarixiy haqiqatlarga e`tiborsizlik bilan qarab, mazkur mavzu bo`yicha hatto adolatsiz qarorlar ham qabul qildilar. Arman-Ozarbayjon, Qorabog` ziddiyatini tinch yo`l bilan hal etish yo`lidagi urinishlarning, arman tomoni aybi bilan, hozirgacha samara bermayotganining sabablaridan biri aynan ana shudir.

Arman tarixchilari va siyosatchilari yildan-yilga, go`yoki armanilar qirg`in qilingan 1915 yil voqealarini xaspo`shlab, uning targ`iboti bilan shug`ullanib, asr boshidan e`tiboran aslida ozarbayjonlar ommaviy ravishda qirg`in qilib kelinayotganini jahon jamoatchiligi xotirasidan o`chirib tashlamoqchi va shu yo`l bilan uni chalg`itmoqchi bo`lmoqdalar.

Ozarbayjon yerlari hozirgacha okkupatsiya holatida qolmoqda. O`zlarining ochko`zlarcha maqsadlarini qondirish yo`lida arman jallodlari begunoh odamlarni qirib tashladilar. Xalqaro hamjamiyat tomonidan Xojali fojiasini ommaviy qirg`in va insoniyatga qarshi jinoyat sifatida tan olishiga erishish har bir ozarbayjonning burchididr. Bunday jinoyat boshqa takrorlanmasligi kerak.

Ushbu hodisa to`g`risida Ozarbayjon xalqining Umummilliy yetakchisi aytganidek: «Xojali fojiasi XX asrda insoniyat boshidan kechirgan eng yirik fojialardan biridir. Xojali qirg`ini to`g`risidagi haqiqat, shafqatsizlikda misli ko`rilmagan bunday fojia jahonning birorta ham burchagida boshqa takrorlana olmasligi uchun, xalqaro hamjamiyat e`tiboriga atroflicha yetkazilishi kerak. Insonparvarlik oliy g`oyalariga sodiq barcha insonlar ushbu fojiaga o`zlarining uzul-kesil, qat`iy munosabatlarini bildira olishlari uchun jiddiy hamda maqsadga yo`naltirilgan ish olib borilishi kerak». Aynan 1993 yilning iyunida, ozarbayjon xalqining qat`iy talabi bilan Ozarbayjon xalqining Umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mamlakat rahbarligiga qaytaganidan so`ng, ko`p milliy fojialarimizga, jumladan Xojali qirg`iniga siyosiy-huquqiy baho berish imkoniyati tugildi. Umummillat yetakchisining tashabbusi bilan 1994 yilning 24 fevralida mamlakat Milliy Majlisi «Xojali qirg`ini kuni» to`g`risida Qaror qabul qildi. Ushbu hujjatda fojianing sabablari batafsil fosh qilingan hamda aybdorlari e`lon qilingandi.

Shubha yo`qki, Xojali to`g`risidagi haqiqatni jahon hamjamiyati e`tiboriga yetkazish, uni jahon bo`ylab tarqatish, ushbu qirg`inga ob`yektiv baho berish uchun ko`rilayotgan chora-tadbirlarda Mehribon Aliyeva xonim rahbarligidagi Haydar Aliyev Jamg`armasi asosiy o`rin tutmoqda. Haydar Aliyev Jamg`armasi qator yillar mobaynida jahonning 70 mamlakatida Xojali fojiasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazib kelmoqda. Jamg`arma konferentsyalar, xotira kechalari tashkil qilmoqda, kitoblar, bukletlarni nashrdan chiqarmoqda, DVD disklarini tayorlamoqda, filmlar olmoqda.

Haydar Aliyev Jamg`armasining raisi o`rinbosari, Rossiya ozarbayjon yoshlari tashkiloti raisi Leyla Aliyeva xonim asos solgan «Xojaliga adolat» xalqaro kampaniyasi yildan-yilga kengaymoqda. Kampaniya doirasida butun dunyoda yuzlab tadbirlar o`tkazilmoqda. Yevropa Ittifoqining deyarli barcha a`zo-mamlakatlarida, shuningdek MDH, Osiyo, Janubiy va Shimoliy Amerikada konferentsyalar, seminarlar, namoyishlar o`tkazilmoqda. Ushbu kampaniya natijasida Xojali fojiasini qator xalqaro forumlar tan oldilar. Jamg`arma va IHT Yoshlar forumi tashabbusi bilan Xojali fojiasi 31 mamlakat parlamentlari deputatlari tomonidan insoniyatga qarshi jinoyat, deb tan olindi. Jahon yetakchi universitetlari tomonidan 20 mamlakatda yoshlarning tezkor yig`inlari (flesh-moblar) o`tkazilmoqda. Ayni paytda, kampaniyaning, davlatlar va hukumatlar boshliqlari, YXHT Minsk guruhi, YIPU, BMT Kotibiyati, jahon mamlakatlari va xalqaro tashkilotlarga, ushbu fojiani genotsid xatti-harakati hamda insoniylikka qarshi jinoyat, deb tan olish talabini ilgari suruvchi xitobnomalar va murojaatnomalar yuborishdan iborat, yangi bosqichi boshlandi.

Xojali fojiasi to`g`risidagi haqiqatni jahon hamjamiyati e`tiboriga yetkazish va jahon hamjamiyati tomonidan ushbu fojiaga siyosiy-huquqiy va ma`naviy baho berishga qaratilgan «Xojaliga adolat» ma`lumot va targ`ibot xalqaro kampaniyasi hozirgi kunda jahonning ko`plab mamlakatlarida minglab ko`ngillilar tomonidan muvaffaqiyat bilan o`tkazilmoqda.

Ozarbayjon davlati arman millatchi-shovinistlari tomonidan ozarbayjonlarga qarshi qilgan jinoyatlari, jumladan Xojali fojiasi to`g`risidagi haqiqatni jahon hamjamiyatiga yetkazish, uni genotsid, deb tan olish bo`yicha maqsadga yo`naltirilgan va uzviy faoliyat olib bormoqda.

Jahon hamjamiyati, o`z navbatida, haqiqatning nimada ekanini allaqachon yaxshi anglay boshladi. Islom Hamkorligi Tashkilotining Xojali genotsidi bo`yicha qabul qilgan alohida qarori xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan, ushbu fojiani «insoniylikka qarshi jinoyat», deb tan olgan dastlabki hujjatdir. 51 mamlakat tomonidan qabul qilingan Qarorda Xojali fojiasiga «arman qurolli kuchlari tomonidan tinch aholini ommaviy qirg`in qilinishi» va «insoniylikka qarshi jinoyat», deb baho berilgan.

Arman millatchilaridan farqli o`laroq, Ozarbayjon mazkur masaladan qandaydir siyosiy, moliyaviy, hududiy va boshqa manfaatlar undirish niyatida emas. Bizning maqsadimiz – tarixiy adolatni tiklash, jinoyatchilarni fosh qilish va ularni jahon hamjamiyati mahkamasiga topshirishdir. Buning uchun esa, arman millatchi-shovinistlari tomonidan mintaqada amalga oshirilayotgan etnik ayirmachilikning jahon miqyosidagi xavfi, shuningdek ularning boshqa xalqlarga qarshi qaratilgan nafrat hamda terror mafkurasi fosh qilinishi kerak. Bu bizning, Xojalida qahramonlarcha halok bo`lganlarning xotirasi oldidagi insoniy va fuqaroviy burchimizdir.