Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning 2000 yil 20 yanvar kuni shahidlarni yodga olish kuniga bag`ishlangan umumrespublika marosimida so`zlagan nutqi - 2000 yil 19 yanvar

Aziz vatandoshlar! Hurmatli xonimlar va janoblar!

Bu kunlar ozarbayjon xalqi uchun juda qayg`uli kunlardir. Biz qonli yanvar fojiasining 10 yilligini nishonlab turibmiz. Bugun men yana bir bor o`sha dahshatli tunda ozodlik, mustaqillik yo`lida qurbon bo`lganlar xotirasi uchun bosh egaman.

1990 yil 20 yanvar Ozarbayjon tarixidagi eng fojiaviy kun bo`ldi. Biroq shuning bilan birga o`sha tunda, o`sha kuni ozarbayjon xalqi butun dunyoga o`zining yengilmasligini, jasoratini, birdamligini namoyish qildi. Shuning uchun biz bu kunni har qachon yodga olamiz. Yana bir vaqtning o`zida biz xalqimizning qahramon xalq, egilmaydigan xalq, mardona xalq ekanligidan faxr-iftixor tuyg`ularini his qilamiz.

Ozarbayjon xalqi tarixida va ayniqsa XX asrda fojiaviy voqea-hodisalar oz bo`lmadi:1918 yildagi armanlarning ozarbayjon xalqi ustiga olib kelgan kulfatlar, ommaviy qirg`in harakatlari, Ozarbayjonda sovet hokimiyati o`rnatilgandan so`ng xalqqa qarshi, millatga qarshi amalga oshirilgan repressiya, qirg`in-barot, terror harakatlari, 1937-1938 yillarda bizning xalqimizga qarshi qaratilgan ommaviy qirg`in, 1988 yilda Ozarbayjonga qarshi harbiy agressiyani amalga oshirish maqsadida tug`ilgan Tog`li Qorabog` ziddiyatlari. Oxir oqibatda behisob o`g`lonlarimizning bevaqt o`limi. Biroq bularning barchasining oldida ozarbayjon xalqiga qarshi amalga oshirilgan eng ulkan terror harakati 1990 yilning 20 yanvarida yuz bergan fojia bo`ldi. Men bilgan fojiaviy voqea-hodisalar, balki hozir men eslay olmayotgandirman, biroq ularning barchasi ayrim shaxslarga, alohida guruhlarga, masalan, 1918 yildagi armanlar tomonidan sodir etilgan genotsid-ommaviy qirg`in, arman-ozarbayjon munosabatlari ozarbayjonlarning yerini bosib olishga, ozarbayjonlarni yo`q qilishga qaratilgan. Biroq yanvar hodisalari, yanvar fojiasi bu fojialarning barchasidan, bu kulfatlardan shunisi bilan farq qiladiki, o`sha kechasi uzoq yillar davomida tarkibida kun kechirib kelganimiz sovet davlati, sovet hokimiyati va ozarbayjon kommunistik hokimiyati ozarbayjon xalqiga qarshi kuch ishlatdi. Yani davlat, rahbariyat, hokimiyatning o`z xalqiga qarshi qaratilgan harakati. Va tabiiyki, eng dahshatlisi, eng fojialisi boshqa harakatlardan siyosiy nuqtai-nazardan farq qilganligidadir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, shuni aytish mumkinki, SSSR sovet hokimiyatini barpo etgan yillardan va yanvar voqealariga qadar sovet hokimiyati tomonidan hech qachon va hech qaerda bu kabi o`z xalqiga, o`z fuqarosiga qarshi qaratilgan harbiy agressiyani amalga oshirmagan. Hech qaysi xalqqa va hech qanday respublika va hech qaysi millatga qarshi. Bu bizga qarshi, ozarbayjon xalqiga qarshi amalga oshirildi. Bu nafaqat SSSR rahbariyatining balki sovet davlatining o`sha paytda tarkibida bo`lgan va o`z xalqini ezib yanchishga harakat qilgan ozarbayjon hokimiyati bilan birgalikda amalga oshirgan agressiyasi, terrori edi.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng SSSR rahbariyati bir qator mamlakatlarga qarshi harakatlar olib bordi. 1956 yilda o`z yo`lidan borishni istagan, sovet mafkurasi bilan kelisha olmagan venger xalqini o`z izmiga solish maqsadida Vengriyaga o`z qo`shinlarini olib kirdi. Ko`p qon to`kildi. Xalq behisob qurbonlar berdi. Sovet mafkurasi u yerda o`z hokimiyatini o`rnatdi.

1968 yilda Chexoslovakiyada sodir bo`lgan jarayonlar uning sotsialistik mamlakatlar qatoridan chiqib ketish xavfini tug`dirdi. Shunda SSSR rahbariyati Chexoslovakiyaga qo`shinlarini olib kirdi va u yerda o`z hokimiyatini mustahkamladi.

1979 yilda SSSR Afg`onistonga u yerda sovet mafkurasiga asoslangan hokimiyatni barpo etishni istaganlarga yordam berish maqsadida yirik harbiy kuchlarini olib kirdi. Behisob qon to`kildi.

Men nima sababdan bularni esga olayapman? Shuning uchunki, bo`lib o`tgan bu jarayonlarda sovet hokimiyati, sovet davlati o`z hokimiyatini o`rnatish, mustahkamlash maqsadida kurash olib bordi. Biroq ozarbayjon xalqi 70 yildan ziyod mazkur davlat tarkibida yashab keldi, biz bu mamlakatning fuqarosi bo`ldik, shu hokimiyatning rahbarligi ostida kun kechirdik. Demak, bizning xalqimiz bu hokimiyat uchun, kommunistik hokimiyat uchun qadrdon , tug`ishgan bo`lishi lozim edi. Biroq afsuski, bunday bo`lmaganligini biz ozarbayjon xalqiga nisbatan bo`lgan munosabatda aniq va ravshan ko`rdik. Bu mumkin 1987-1988 yillarda boshlangan Armanistonning Ozarbayjonga qarshi agressiyasi bilan bog`liqdir.

1987 yilning oxiri 1988 yilning boshlarida Armanistondagi hokimiyat, u yerdagi millatchi kuchlar Tog`li Qorabog`ni Armanistonga qo`shib olish uchun harakatga tushdilar. Bunday urinishlar o`tmishda ham yuz bergan edi. 1923 yildan boshlab,Yani Tog`li Qorabog` avtonom oblasti Ozarbayjon tarkibiga kirgandan so`ng turli vaqtlarda Tog`li Qorabog`ni Armanistonga qo`shib olishga urinishlar bo`ldi. Biroq bu urinishlar to`xtatildi. Va shuning uchun, yani Ozarbayjon rahbariyati o`z respublikasini himoya qilishga kuchi yetganligi uchun sovet davlati davlat qurilishini xavfli deb sanadi. Biroq 1987 yilda balki undan ham avvalroq Armanistonda Tog`li Qorabog`ni Ozarbayjondan ajratib olib Armanistonga qo`shib olish masalasi ko`tarilgan edi. So`ngra harakatlar bu yerda ham boshlandi, ikki tomonlama standart maydonga keldi, yani sovet hukumatining, Kommunistik partiya rahbariyatining Ozarbayjon va Armanistonga nisbatan turlicha qarashlari tug`ildi.

Tabiiyki, o`sha vaqtda, yani sovet davlati hali kuchga ega bo`lib turgan paytda, agar SSSR rahbarlari xohlaganda va Ozarbayjon rahbarlari o`z xalqiga, Vataniga, tuprog`iga sodiq qolganlarida edi ular bu mash`um hodisaning oldini oigan bo`lar edilar. Biroq Moskvada o`tirganlar buni to`xtatishni istamadilar aksincha, bu fojianing ro`y berishiga shart-sharoit yaratib berdilar. Ozarbayjon rahbariyati hech narsa qila olmadi va shunday bir vaziyatda 1988 yilning fevralida Tog`li Qorabog` ziddiyati yuzaga keldi. Shundan so`ng go`yoki arman-ozarbayjon orasidagi ziddiyatni hal qilish, rahbariyatni mustahkamlash maqsadida Ozarbayjonda rahbariyat o`zgardi. Biroq yangi rahbariyat hech qanday chora ko`rmadi, aksincha, sotqinlik yo`lini tutdi. Bu sotqinlik- Ozarbayjon rahbariyatining o`z xalqiga nisbatan amalga oshirgan sotqinligi, SSSR rahbarlarining Ozarbayjonga nisbatan beparvoligi, aytar edimki, manfiy munosabati tog`li- qorabog` ziddiyatlarini sovuq urushga aylantirdi va Ozarbayjon ulkan zarbaga duchor bo`ldi. Tabiiyki, 20 yanvar hodisasi mazkur siyosatning, mazkur zanjirning ulkan zvenosi bo`ldi.

Haqiqatan ham bizning xalqimiz o`sha paytda o`z tuprog`ini, o`z mustaqilligini himoya qilish uchun oyoqqa turdi. Xalqning ko`tarilishga birinchi sabab sovet hokimiyati rahbariyatining Ozarbayjonga nisbatan nohaq munosabati, shuningdek, Ozarbayjon rahbarlarining o`z tuprog`ini, millatini, o`z xalqini himoya qilish uchun hech qanday chora ko`rmaganligida. Bularning barchasi Ozarbayjonda xalqning ko`tarilishiga sabab bo`ldi va bu o`z kuchini ko`rsatdi. Xalq maydonga chiqdi. Xalq ko`chalarga chiqdi.

Xalqni jazolash, uni sindirish va shu yo`l bilan Tog`li Qorabog` masalasini Armanistonning foydasiga hal qilish uchun Ozarbayjonga zarba berilishi kerak edi va bu zarba berildi ham. Ozarbayjonga qarshi harbiy kuch ishlatildi. Ozarbayjonga qarshi jismoniy kuch ishlatildi. Ozarbayjonga siyosiy zarba berdilar. Ozarbayjonga ma`naviy zarba berdilar. Bunga SSSR rahbariyati, Ozarbayjon rahbariyati aybdordir. Bugun mana shu yerda mavjud hujjatlarda barchasi yaqqol ko`rinib aks etgan.

Bugun mazkur marosimda ishtirok etgan bizning hurmatli ziyolilarimizning vakillari, shahidlarning onalari, shahidlarning qizlari, 20 yanvar kechasi jabrlanganlarning barchasi chin yurakdan nutq so`zladilar. Sizlarga shuni aytmoqchimanki, mazkur marosim boshlangandan buyon va shu paytgacha o`ylaymanki, sizlar ham juda hayajondasizlar, vaholanki bu tarixiy xronikalar, dahshatli voqea- hodisalar va dalillarning ko`rinishi, bu yerda so`zga chiqqanlarning nutqlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun men juda hayajondaman va hayajon bilan so`zlayapman. Bu marosimning ilk marotaba va ayni shunday ko`rinishda o`tishi bizning tariximizga, millatimizga, xalqimizga bo`lgan cheksiz muhabbatimizni ko`rsatadi. Men mazkur kechani uyushtirgan va bu yerda ishtirok etganlarga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu juda ulkan siyosiy, muhim ma`naviy ahamiyatga molik.

Biz birinchidan hech qachon tariximizni unutmasligimiz va soxtalashtirmasligimiz kerak. Tarix bu tarix va uni qanday bo`lsa shunday yozish, avloddan avlodga yetkazish lozim.

Fojiali yanvar tuniga on yil bo`ldi. Bu on yil mobaynida Ozarbayjonda farzandlar dunyoga keldi. Bugun 1990 yilda tug`ilgan farzandlarimiz 10 yoshga to`ldi. Menga yetkazilgan xabarlarga ko`ra o`sha yanvar kechasi ozarbayjon fuqarolaridan 135-136 nafari shahid bo`lgan, yaradorlar soni ham behisob. Biroq ayni o`sha kechasi Ozarbayjonda 500 dan ziyod bola dunyoga kelgan. Demak xalq yashamoqda, millat yashamoqda, o`sib rivojlanmoqda va hech qanday kuch , hech qanday terror, hech qanday sotqinlik bizning xalqimizning o`sib rivojlanishiga to`sqinlik qila olmaydi.

Biroq biz o`sha kunlarning tirik guvohimiz. 10 yoshdagi bolalar bu fojia haqida faqat bizlardangina o`rganadilar. Hatto 20 yoshdagi yoshlar, yani o`sha paytda 10 yoshda bo`lgan bolalar ham sodir bo`lgan voqealarni bizlardan o`rganadilar. Shuning uchun biz tariximizning shonli, muvaffaqiyatli sahifalarini vaqt oqimida esga olishimiz bilan qator uning fojiaviy sahifalarini ham unutmasligimiz, avloddan avlodga yetkazishimiz darkor. Shunga aloqador 20 yanvar fojiasi va unda ko`rsatilgan qahramonliklar, xalqning birligi va jasorati bugungi va kelajak avlod uchun o`rnak bo`lishi kerak. Barchamiz mazkur hodisadan saboq oilshimiz kerak. Bugun bu yerda ko`rsatilgan hujjatlar, chiqishlar, namoyish qilingan kinokadrlar Ozarbayjonning 19-20 va 20-21 yanvar kechasi qanday og`ir ahvolda qolganini ko`rsatadi. Ozarbayjonga, Baku kabi shaharga ko`plab harbiy qismlar, bronotexnika, tanklarning olib kirilishi tabiiyki, inson bunday vaziyatda xotirjam bo`la olmaydi. Baku, nafaqat, Baku balki butun Ozarbayjon o`sha paytda zulmat ichida qoldi. Bugun mana shu yerda bo`lib o`tgan o`sha kunlarning tahlili nimani ko`rsatdi? Shuni ko`rsatdiki, xalq ulkan qurbonlar berdi, biroq yengilmadi, sinmadi. Biroq xalq rahbarlari oxirigacha sotqin bo`lib qoldilar.

Aytaylik, kimningdir qadrdon kishisi halok bo`ldi. Yaqin qarindoshi, do`stlari, o`rtoqlari unung dafn marosimiga, xotirasiga keldi, uning qayg`usiga sherik bo`ldi. Axir bu yerda ozarbayjon xalqiga qarshi agressiya sodir bo`ldi, xalqimiz og`ir kunlarni boshdan kechirdi. Millat, xalq birlashgan holda bu fojianing sababchilariga nafrat ko`zi bilan qarab, shahidlarni so`nggi manzilga kuzatmoqda. Biroq Ozarbayjon rahbarlari bundan chetda qolib qochib,bekinish bilan ovora. Shu birgina faktning o`zi kimning kim ekanligini ochiq oydin ko`rsatib turibdi.

Ulkan to`siqlarni yengib deputatlar guruhi Oliy Kengash sessiya chaqirdi, shu o`rinda aytish joizki, Ozarbayjonning atoqli shoiri Baxtiyor Vagabzoda o`zining butun umri davomida hech qanday majlis o`tkazmagan, har doimgidek she`rlar bitib Ozarbayjonning she`riyat san`atining o`sib rivojlanishiga hissa qo`shgan shoirlardan biri edi, yani u bu sohada tajribaga ega emas, biroq uning yuragi dovyurak, u o`z xalqiga fidokor, xalqini sevadi, chetda turmaydi, hech narsadan qo`rqmadi. Va shuning uchun u qo`rqmasdan odamlarning yuziga qaray oldi, hech qachon hech kimni sotmadi. Huddi shuningdek, marhum Ismoil Shixli va ziyolilarning boshqa vakillari ham shunday shaxsdirlar. Bu yerda kadrlar namoyish etildi. Afsuski, ularning hammasi saqlanmagan. Biroq biz ko`rgan kadrlar kimning kim ekanligini to`la- to`kis ko`rsatib turibdi. Bu qanday hol bo`ldiki, shoir Baxtiyor Vagabzoda, yozuvchi Ismoil Shixli va ziyolilarning boshqa vakillari yoki Oliy Kengash deputatlar guruhi majlislar zalida to`planib, masalani muhokama qilishga bel bog`lasa-yu, Ozarbayjon rahbarlari esa qochib ketsalar, yashirinsalar. Shunday yo`l tutganliklari uchun ular xalqni boshqarish xuquqlarini tamomila yo`qotdilar.

O`sha sessiyada qabul qilingan qaror va chaqiriqlar bugun bu yerda tarixiy ahamiyat kasb etadi. Biz buni yuksak baholashimiz lozim. Shaxsan men o`zim bu hujjatlarni shunday baholayman. Biroq oradan bir necha kun o`tgandan so`ng bu qochib, yashirinib yurganlar yana Ozarbayjonga, hokimiyat tepasiga qaytib keldilar, barcha bu hujjatlar esdan chiqarildi, keyinga qoldirildi, hammasi xalqdan sir saqlandi. Bunga aloqador bugun bu yerda shuningdek, aniq dalillar keltirildi, ularni qaytarib o`tirishning hojati yo`q.

Agar 20 yanvargacha SSSR hokimiyatikabi ozarbayjon hokimiyati hamozarbayjon xalqiga qarshi agressiyani amalgaoshirgan bo`lsa, natijada ikki tomon ham buni oqlashga harakat qildilar. Moskvada vaziyat go`yo hech narsa bo`lmagandek edi. Ozarbayjonda ham biri qochgan, boshqasi uning o`rniga o`tirgan va shu alfozda xalq esdan chiqarilgan, fojia ham unutilgan, barchasi go`yo unut bo`lgan va o`z- o`zidan mazkur masalani esdan chiqarish uchun urinishlar bo`lgan. Rahbarlik qilish huquqini yo`qotgan sotqinlar, o`zlarining shaxsiy manfaatlarini xalqning manfaatlaridan yuqori qo`ydilar. Bularning barchasi tarixiy haqiqat.

Biroq bugun biz shundan faxrlanamizki, bizning xalqimiz jasoratli, matonatli xalq ekanligini namoyish etdi.

Mazkur kinokadrlardagi shahidlarning dafn marosimini hayajonsiz ko`rib bo`lmaydi. Menga shunday tuyuladi, barchamizga ham ma`lumki, Ozarbayjonda hali hech qachon buning kabi ko`pchilikni hayajonga soladigan va kuchli ta`sir etadigan marosim bo`lmagan. Shayxul-islom Alloxshukur Poshozodaning o`sha paytdagi harakati, uning Gorbachevga qilgan murojaati va bu masalaga munosabati, yani mazkur jinoyatni sodir etganlarga nisbatan nafrati va dafn marosimining o`tkazilishi. Ozarbayjon hokimiyatining barcha bo`g`inlaridagi rahbarlari chetda turdilar. Biroq xalq hech narsadan qo`rqmadi.

Xalq bahaybat tanklarning yana ezib yanchishidan dahshatga tushmadi. Ozodlik maydoni, barcha ko`chalar odamlarga to`ldi. Men bu paytda Ozarbayjonda emas edim.

Men o`sha paytdayoq bu hodisaga o`z munosabatimni bildirdim. Siz shuni bilmog`ingiz lozimki, men bu paytda og`ir xasta edim. Kasalxonada edim, so`ngra Moskva yaqinidagi sanatoriyada davolandim. Shunga qaramay, men farzandlarim bilan kelib o`z munosabatimni bildirdim. Qo`limdan boshqa hech narsa kelmas edi. Va bugun men o`sha ozarbayjon fuqarolariga, o`sha shaxslarga shahidlarni dafn qilish uchun juda to`g`ri yer topganlari va ularni Tog` usti bog`iga dafn qilganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Va bu yerda ular ma`lum darajada bo`lib o`tgan sotqinlikka o`zlarining munosabatlarini bildirib o`tdilar.

1918 yilda armanlar tomonidan amalga oshirilgan qirg`inbarotda u yerga son-sanoqsiz odamlar dafn qilinib,qabristonga aylantirilgan edi. 1930 yillarda bu qabriston yo`q qilinib Tog` usti bog`i maydonga kelgan va Kirovning haykali o`rnatilgan edi. Tarixda haqiqat shu bilan yakun topadiki, o`sha paytda bu qabrlarga qarshi amalga oshirilgan sotqinlik endi oshkor etildi va bu yerga yana shahidlar dafn etildi.

O`z burchimni ado etgan holda men bu voqea sodir bo`lgan kundan boshlab, yani 1990 yilning 21 yanvaridan e`tiboran va shu kungacha, bundan so`ng ham bu masalani oxirigacha ochishga harakat qilaman. Aybdorlarni javobgarliklarini his qildirishga harakat qilaman va hech kim xalq oldida sodir etgan sotqinligi uchun javob berishdan qochib ketolmaydi. Agar qochib ketishga ulgursa ham tarix oldida baribir sotqin bo`lib qoladi.

Mening qalbimda hatto Shahidlar xiyobonida \"Mangu olov\" memorialini o`rnatish fikri tug`ildi. Bu mening Ozarbayjon Prezidenti sifatidagi burchim edi. Bugun men bu burchimni bajarganim uchun o`zimni yengil his qilaman va haqiqatan ham bu yerda aytib o`tilganidek, bu yer qasamyod qiladigan muqaddas qadamjoga, eng faxrli yerga aylandi. Mana bir necha kundan buyon biz odamlarning qo`llarida gul bilan bu qabrlarni ziyorat qilib, \"Mangu olov\", qabrlar qarshisida boshlarini egayotganlarining guvohi bo`lib turibmiz. Mening ishonchim komilki, kelajakda ham bu yer bizning yoshlarimiz uchun qasamyod qiladigan qadamjo, o`z xalqiga, millatiga, tuprog`iga, Vataniga sodiq qolish uchun qasamyod qiladigan, Shuningdek, yangi oila qurayotgan bizning yoshlarimizning bir-birlariga bo`lgan ishonchlari, sadoqatlari uchun qasamyod qiladigan yerga aylanadi.

Shuni aytish joizki, bu fojia bizning mamlakatimizda ulkan jarayonlarning yuz berishiga turtki bo`ldi. Ozarbayjon o`zining davlat mustaqilligiga erishdi. Mana ozarbayjon xalqi to`qqiz yildirki, mustaqil davlat sifatida hayot kechirmoqda. Biz bir necha muammolarga duch kelmoqdamiz.

Bizning barchamizni Armaniston qurolli kuchlarining tuprog`imizga bostirib kirgani, shuningdek bu yerlardagi bizning milliondan ziyod fuqarolarimizning quvib chiqarilgani, ularning palatkalarda og`ir kun kechirgani barchamizni qattiq qiynaydi. Boshqa muammolar ham yo`q emas. Biroq biz bu og`ir, qiyin davrni boshdan o`tkazayapmiz va keyin ham yashab o`tamiz. Bosib olingan yerlar ozod etiladi, bizning fuqarolarimiz qadrdon yerlariga qaytadilar, Ozarbayjonning suvereniteti ta`minlanadi, bugun Ozarbayjon mustaqil davlat va hech qanday davlat Ozarbayjonga qarshi kuch qo`llay olmaydi.

Bizning shahidlarimiz xotirasining eng ulkan yodgorligi - bu Ozarbayjonning suvereniteti, mustaqil Ozarbayjon, huquqiy, demokratik, rivojlangan Ozarbayjon davlati va hozir Ozarbayjonda ro`y berayotgan jarayonlar musbat xarakterda. Bizning shahidlarimiz tinch uxlasinlar, nafaqat 20 yanvar fojiasida shahid bo`lganlar balki Vatan uchun, ona tuproq uchun kurashlarda jon bergan bizning shahidlarimiz tinch yotsinlar. Ularning orzu-umidlari ro`yobga chiqdi. Ozarbayjon o`z davlat mustaqilligiga ega bo`ldi.

Bugun shahidlar xotirasi oldida qasamyod qilamanki, hech kim va hech qachon Ozarbayjonning mustaqilligiga rahna sololmaydi, biz hech qachon u yoki bu davlatning vassaliga aylanmaymiz. Ozarbayjonning davlat mustaqilligi bizga qarshi qaratilgan har qanday bosqinchilikka qaramay abadiy bo`lib qoladi va o`sib rivojlanadi. Mustaqil demokratik Ozarbayjon, huquqiy, rivojlangan Ozarbayjon davlati shahidlarimizning eng buyuk yodgorligidir.

Men yana bir bor mazkur kechani uyushtirganlarga va bu yerda so`zga chiqqanlarga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Olloh shahidlarning ruhlarini tinchlantirsin.

\"Baku ishchisi\" gazetasi, 20 yanvar 2000 yil