Qurbon hayiti munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga bayram tabrigi – Boku shahri, 14 mart 2000 yil


Hurmatli vatandoshlar,

Jahon musulmonlari birodarligi va birdamligi kuni bo’lgan muqaddas Qurbon bayrami munosabati bilan sizlarni qalbdan tabriklayman, xalqimizga o’zimning eng ezgu tilaklarimni yo’llayman.

Ozarbayjon xalqi uzoq yillar davomida begona mafkura hamda tuzumlarning ta’qiblari sharoitida yashab kelganiga qaramay, o’zining tarixiy tomirlaridan uzoqlashib ketmadi, milliy-ma’naviy qadriyatlarini, odatlari va ananalarini, diniy bayramlari va udumlarini saqlab qoldi. Alloh islomni insonlar uchun buyuk e’tiqod va to’g’ri yo’l etib tanlagan quvonchli kun – muqaddas Qurbon hayitini nishonlash biz asrlar osha saqlab qololgan ana shunday milliy-diniy odatlarimizdan biridir.

Demokratik tamoyillar, e’tiqod hamda vijdon erkinligi tamoyillari qaror topgan mustaqil Ozarbayjon Respublikasida Qurbon hayiti har yili umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda.

Hurmatli opa-singillar va birodarlar,

Ushbu tabarruk bayram kunlari sizlarning Allohdan tinchlik, xotirjamlik va el-yurt farovonligini so’rab qilayotgan duolaringizga qo’shilaman hamda sizlarni ishontirib aytmoqchimanki, yerlarmiz dushmandan ozod qilinadigan, quvg’inlarimiz qadrdon tuproqlariga qaytadigan, xalqimiz adolatli tinchlikka erishib, tom ma’noda munosib, farovon turmush kechiradigan kunlarga oz qoldi.

Alloh har biringizga salomatlik, oilalaringizga – baxt, uylaringizga – to’kinlik ato etsin. 

Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin.

Haydar Aliyev,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti. 

"Бакинский рабочий" ro’znomasi, 15 март 2000 yil