BMT xavfsizlik kengashi raisiga. Kopiya: BMT Bosh коtibigа. 1993 yil 26 iyul


Hurmatli rais janoblari, mening mamlakatimda yuz bergan dramatik holat, Ozarbayjon davlatining birligini parchalashga qaratilgan Arman bosqinchilarining harakatlari meni sizga ushbu maktub orqali murojaat etishga majbur qildi. 

Хаlqаrо huquq printsiplari va normalariga sodiq bo`lgan Ozarbayjon Respublikasi Armaniston Respublikasi tomonidan boshlab yuborilgan qonli to`qnashuvni tinch yo`l bilan bartaraf etishda YXHK(Yevropa xavfsizlik va hamkorlik kengashi ) ning yordamiga rozi bo`ldi. Ushbu jarayonni uzoq va qiyin darajada yo`lga solish davomida Ozarbayjon hukumati qon to`kilishini to`xtatish va tinch muzokara olib borishga intildi. Lekin Armaniston tomonidan o`z majburiyatlarini qo`pol ravishda buzish hollari bizning barcha harakatlarimizni puchga chiqardi. 

YXHK ning ministrlar kengashi tomonidan Minsk konferentsiyasida qaror qabul qilinganiga bir yildan ziyod vaqt o`tdi, lekin g`oya haqiqatdan hali uzoq. Аgar biz bir yil avval Shusha va Lochinni ozod qilish haqida gaplashgan bo`lsak, hozirgi kunda Arman bosqinchilari Ozarbayjon hududining 17 foizini egallab oldilar. Tog`li Qorabog`ning hammasi, Kelbajar rayonlari, Naxchivon avtonom respublikasining qishloqlari, Gazax, Fuzuliy, Zangilan va Agdam rayonlari bosib olindi. 503 аholi punktlari bosib olinib, qochoqlar va ko`chmanchilar soni 567 ming kishini tashkil etdi. 

Tog`li Qorabog`ni o`z hududiga qo`shib olish maqsadida siyosiy agressiyani boshlagan Armaniston hozirgi kunda Ozarbayjon tuprog`ida keng masshtabli jangovor harakatlarni olib bormoqda. Shuningdek, bu davlat YXHK va BMT ning chaqiriq va qarorlarini inobatga olmay xavfsizlik kengashining 822 rezolyutsiyasini ham bajarmayapti. Ushbu rezolyutsiyani amalga oshirishga qaratilgan  YXHK ning harakatlari armanlar tomonidan qonuniy talablarni bajarmaslikdan boshqa turli noqonuniy talablar qo`yish hollari bilan to`qnashmoqda. 

Armaniston Respublikasining shu harakatlari natijasida hududga Mario Rafaellining oxirgi qilgan tashrifi ham hech qanday umid tug`dirmadi va qon to`kilishining oldini olmadi. 

Аrman tomonining Tog`li Qorabog`dagi qurolli qo`shinlar Armaniston Respublikasiga bo`yin egmayotganliklari haqidagi bahonalari mutlaqo asossizdir. Og`ir qurollar, o`q-dori olib kelish hamda harbiy harakatlarga rahbarlik qilish Armaniston Respublikasi tomonidan bosib olingan Lochin rayonidan amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan uzilish paytidan va Rafaelli missiyasining qaytib ketishidan foydalangan Armaniston yangi, keng ko`lamli hujumni amalga oshirib Agdam shahrini bosib oldi. Bu bosqinchilik akti hali oyoqqa tura olmagan osoyishta jarayonga qaqshatqich zarba berdi. Аvval Ozarbayjon Hukumati Xavfsizlik Kengashi bu jarayonning cho`zilishi xavfli vaziyatga olib kelishi mumkinligi haqida eslatgan edi. Hozirgi yuzaga kelgan holat BMT Ustavi asosida Xavfsizlik Kengashiga berilgan vakolat bo`yicha aralashuvini talab etmoqda. Bosqinchilarni tiyishga, qon to`kilishini to`xtatishga va bosib olingan Ozarbayjon yerlarini ozod qilishga qaratilgan kechiktirib bo`lmaydigan choralar ko`rish lozim. 

Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar asosida zudlik bilan Xavfsizlik Kengashi yig`ilish chaqirishini so`rayman. 

Gaydar Aliyev, Оzarbayjon Respublikasi Prezidenti vakolatini bajaruvchi

Оzarbayjon Respublikasi Oliy Kengashi Raisi 

“Baku ishchisi” gazetasidan tarjima qilindi, 1993 yil 29 iyul.