Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Bill Klintonga yo`llagan maktubi - Boku, 2000 yil 6 noyabr


Qadrli Prezident janoblari, 

Boku - Tbilisi - Jayxan quvurini qurush bo`yicha so`nggi kelishuvlarning imzolanishi munosabati bilan menga yo`llangan tabrik uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. 

Siz “Asr shartnomasi”, deb atagan, 1994 yilning sentyabrida ikkimiz imzolagan shartnoma bilan asos solingan mustaqil Ozarbayjonning yangi neft strategiyasi uzviylik hamda muvaffaqiyat bilan amalga oshayotganidan xursandman. Aynan Ozarbayjonning tashabbusi va jiddiy urinishlari natijasida Kaspiy dengizi hamkorlik uchun butun dunyoga ochildi. Kaspiyning neft va gaz zahiralarini jahonning, jumladan Amerika Qo`shma Shtatlarining yetakchi energetic kompaniyalari bilan hamkorlikda tasarruf qilish hozirdanoq ijobiy natijalar bera boshladi. 

Yo`limizda uchragan o`ta katta qiyinchiliklarga qaramasdan, Ozarbayjonning yangi neft strategiyasining, ikkimizning olti yillik mehnatimiz, o`tkazgan mashaqqatli muzokaralarimiz, ishtirokingizda o`tkazilgan YXHTning Stambul sammiti doirasida o`tgan yilning noyabr oyida nihoyat imzolangan kelishuvning natijasi bo`lgan neft quvuri tizimining ajralmas qismi, Boku - Tbilisi - Jayxon asosiy export quvurining qurulishi amalga oshirila boshlanganidan mamnunman. 

Ushbu beqiyos loyihaning amalga oshirilishi mintaqada tinchlik va taraqqiyotni ta`minlashga hissa qo`shadi, degan fikringizga sherikman. Neft quvurlari xavfsizligini ta`minlash uchun Amerika Qo`shma Shtatlari Qozog`iston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya bilan mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa`y-harakatlarini faollashtirishlari kerak, deb hisoblayman. 

Qozog`istonning ushbu loyihada yanada faol ishtirokini ta`minlash uchun Amerika Qo`shma Shtatlari hukumati va Qozog`istonda faoliyat olib borayotgan AQSH ning yirik energetika shirkatlari tomonidan qo`shimcha hatti-harakatlarning qo`llanilishi favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. O`z navbatimizda biz ham barcha mumkin bo`lgan choralarni ko`ramiz. 

Bunday strategiya Ozarbayjonning iqtisodiy kamolotiga, davlatimizning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashga kafolat berish bilan bir vaqtda butun Kaspiy mintaqasi xavfsizligi va iqtisodiy o`sishini ta`minlash uchun ham yaxshi imkoniyatlar ochadi. 

Ishonchingiz komil bo`laversinki, Kaspiy dengizining Ozarbayjon qismidagi boy neft va gaz zahiralarini Amerika Qo`shma Shtatlari hamda jahonning yirik energetika kompaniyalari bilan hamkorlikda tasarruf qilish, mahsulotlarni ishonchli, xavfsiz yo`llar bilan jahon bozoriga export qilish uchun biz o`zimizga yaqin ittifoqchi hamda uzoq muddali hamkor hisoblaydigan Amerika Qo`shma Shtatlari hukumati va mamlakatingizdagi kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilishni davom ettiramiz. 

Muhtaram Prezident janoblari, 

Isboti talab qilinmaydigan haqiqat yana shundan ham iboratki, biz ushbu mahobatli loyihalarni boshlagan birinchi kundanoq Amerika Qo`shma Shtatlari Kaspiy dengiziga katta qiziqish bilan qarab, ishimizga bevosita yordam ko`rsatib kelmoqdalar. Men buni ilgari ham aytganman, hozir yana bir marta ta`kidlab aytamanki, Amerika Qo`shma Shtatlari hukumatining g`amxo`rligisisz, yordamisiz, Sizning shaxsiy g`amxo`rligingizsiz, yordamingizsiz va shaxsan qo`llab-quvvatlashingizsiz biz bunday yutuqlarga erisha olmagan bo`lardik. 

Shuning uchun men ham Sizni ushbu muhim voqea bilan tabriklayman va amerika-ozarbayjon do`stligini mustahkamlash, davlatlarimiz orasida uzoq muddatli sherikchilik va ittifoqchilik munosabatlarining o`rnatilishi va mustahkamlanishidagi alohida ichtirokingizni qayd etaman. 

Ishonamanki, birgalikda amalga oshirilayotgan ushbu yirik loyihalar XXI yuz yillikda insoniyatning enegiyaga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ro`l oynab, dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlanishiga hissa qo`shadilar. 

Chuqur hurmat bilan, 

Haydar Aliyev,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti. 

“Ozarbayjon” gazetasi, 7 noyabr 2000 yil.