‎1999 yil 30 mart Оzarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning ‎Ozarbayjon xalqiga 31 mart - оzarbayjonlarning genotsid (оmmaviy qirg`in) ‎kuni munosabati bilan so`zlagan nutqi


Hurmatli vatandoshlar!

"Bugun Ozarbayjonning mustaqillik sharoitida yashayotganiga 8 yil to`ldi. Mustaqillik yillarida biz erishgan yutuqlarning eng asosiysi shu bo`ldiki, qalbakilashtirilgan tariximizni to`g`ri, haqqoniy baholash imkoniyatiga ega bo`ldik. Ana shunday voqealardan biri biz bugun nishonlayotgan, o`zining siyosiy va huquqiy bahosini olgan Ozarbayjonlarning genotsid kunidir.

Har yil 31 martda Ozarbayjonlarning genotsid kunini nishonlar ekanmiz, biz yana bir bor tarixiy o`tmishimizga qaytamiz, xalqimizga qarshi ochiq ravishda o`tkazilgan keng ko`lamdagi qonli aktsiyalarni yuragimizda kuchli og`riq bilan eslaymiz.

XIX-XX аsrlarda bizning xalqimiz qator dahshatli fojialarni boshidan o`tkazdi. Yirik imperialistik davlatlarning vahshiy va qonxo`r armanlar qo`li bilan olib borgan siyosati natijasida ozarbayjonlar ustida bir necha marotaba etnik "tozalash" va genotsid (оmmaviy qirg`in) harakatlari olib borildi. Xalqimiz asoratga solindi, milliy fojialar va azoblarga duchor etildi. Yuz minglab ozarbayjonlar milliy mansubliklari yuzidan qirib tashlandi. Tug`ilib o`sgan vatanlaridan quvg`in qilindi. Qadim shahar va qishloqlarimiz xarobaga aylantirildi. Аsr boshida Chor Rossiyasining imperiyasi ostida Arman millatchilari genotsid (оmmaviy qirg`in) siyosati olib borgan bo`lsa, 40-50 yillarda, ya`ni sho`ro rejimi davrida bu harakat yanada kuchaydi. 80 yillarning ikkinchi yarmida Sovet jamiyatidagi qayta qurish jarayoni Ozarbayjon xalqiga yana yangi-yangi fojialar olib keldi. Afsuski, bu qonli harakatlar o`z vaqtida na xalqaro hamjamiyat va na Ozarbayjon Respublikasi rahbariyati tomonidan haqqoniy bahosini oldi. Va bu holat o`z navbatida millatchi - separatist kuchlarning yanada kuchayib ketishlariga yo`l ochib berdi. Ayni shuning natijasida yuzaga kelgan 1988 yildagi Tog`li Qorabog`dagi keskin ziddiyat oqibatida yuz minglab begunoh ozarbayjonlar milliy mansubliklari bois qirg`inga uchradilar va o`zlarining tarixiy vatanlaridan quvg`in qilindilar, 1990 yilning yanvarida esa Baku shahrida va Ozarbayjonning boshqa hududlarida bu nohaqlikka qarshi xalqning norozilik harakatini bostirish uchun amalga oshirilgan vahshiyona jinoyatlar sodir etildi. 1992 yilda Xo`jali qonli genotsidi yuz berdi. Buyuk Armaniston mafkurachilari va Arman agressiv kuchlarining avantyuristik harakatlari natijasida olib borilgan etnik "tozalash" jarayoni oqibatida bir milliondan ziyod vatandoshlarimiz ona yurtlaridan quvg`in qilinib, og`ir azoblarga duchor qilindilar. Faqatgina ХХ asrning o`zida ikki milliondan ziyod ozarbayjonlar dushmanlarimiz tomonidan olib borilgan turli ko`rinishdagi genotsidning jirkanch siyosati qurboni bo`ldilar. Biroq bu kabi fojialar, qiyinchiliklar, nohaqliklarga qaramay, bizning xalqimiz yashashda davom etdi, mustaqillikka intilib yashadi va metin irodasini namoyish etdi. Bugun biz yana o`z tariximizga nazar tashlamoqdamiz. Yutuqlarimiz bilan faxrlanib, yo`qotishlarimizdan qayg`uga botmoqdamiz. Bugun Ozarbayjonning mustaqil davlat sifatida yashashi va ravnaq topishi uchun barcha shart-sharoit mavjud. Endilikda bu davlat o`tmishda yuz bergan nohaqliklarni bartaraf eta oladi.

Bizning oldimizda turgan asosiy masalalardan biri - so`nggi yuz yil ichida xalqimizning boshiga og`ir asoratlar solgan genotsid haqidagi metin milliy xotirotni hozirgi va kelajak avlod ongida shakllantirish, butun dunyoda bu fojianing siyosiy va huquqiy bahosini olishiga erishish, uning og`ir asoratlarini bartaraf qilish va bu kabi qonli fojialarning takrorlanmasligi uchun qo`ldan kelgan barcha choralarni ko`rish. Buning uchun esa metin va buzilmas milliy birligimizni namoyish etmog`imiz darkor. Bizning xalqimizga qarshi qaratilgan har qanday yolg`on va agressiyani faqatgina oliy maqsadimiz bo`lmish mustaqil Ozarbayjon davlatini qurish uchun olib borishga yo`naltirilgan tinimsiz kurashda faqat va faqat kuchli irodamiz orqaligina bartaraf etishimiz mumkin.

Sizlarni xalqimizning haq-huquqi va milliy qiziqishlarining himoyasi uchun olib boriladigan kurashda birlashishga, birlikka chaqiraman.

"Baku ishchisi" gazetasidan tarjima qilindi, 1999 yil 31 mart

Умумий тарихий маълумотлар

Genotsid

Харита ва графиклар

Armaniston - Ozarbayjon Tog`li Qorabog` ziddiyati‎