Qizil rang bilan umum davlat dam olish kunlari belgilangan.
1 yanvar
|
Yangi Yil bayrami Yangi yilning birinchi kuni ananaviy ravishda bayram kuni hisoblanadi. Dunyodagi ko'pchilik xalqlar qatori o'zbekistonliklar ham bu kunni shod-xurramlik bilan qarshilaydilar. |
|
14 yanvar |
Vatan himoyachilari kuni Mustaqil O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun. 1992 yilning 14 yanvarida mamlakat parlamenti respublika hududidagi barcha harbiy o'quv yurtlari, tuzulmalar, qismlar va birlashmalarni O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilgan. |
|
8 Mart |
Xalqaro xotin-qizlar Kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni – go'zallik, nafosat va latofat bayramidir. O'zbekistonda 8 martni onalar bayrami sifatida ham nishonlaydilar. Shu kuni onalar, opa-singillar va qizlarga o'zbeklar alohida e'tibor ko'rsatadilar, gullar va sovg'alar taqdim etadilar. |
|
21 mart |
Navro'z bayrami Fors tilida "yangi kun" ma'nosini bildiradi. Islom dinidan oldin ham nishonlanib kelingan bayram. Bahorning boshlanishi, yangi yilning boshlanishi ma'nolarini anglatgan. Katta tantana, xalq sayillari bilan nishonlanadi. |
|
9 may |
Xotira va qadrlash kuni 1999 yil 9 may kuni O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Xotira maydoni ochilgan. Shu kundan e'tiboran mazkur sana Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. Unda urush va mehnat veteranlariga alohida g'amxo'rlik va e'tibor ko'rsatiladi. |
|
1 sentyabr |
Mustaqillik Kuni O'zbekiston Respublikasinin asosiy Milliy bayrami – Mustaqillik kuni. O'zbek xalqining asrlar davomida qilgan orzularini o'zida mujassam etgan kun. Alohida tantana, quvonch bilan, keng ko'lamda nishonlanadi. |
|
1 oktyabr |
Ustozlar va murabbiylar kuni O'qituvchilik va ustozlik qadim zamonlardan sharafli kasb hisoblanadi. "Ustoz otangdan ulug'" deyiladi o'zbek xalq maqolida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan 1 oktyabr "Ustozlar va murabbiylar kuni", deb belgilangan. |
|
8 dekabr
|
Konstitutsiya Kuni Mustaqil O'zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. |
|
|
Ramazon haiti Hijriy taqvim bo'yicha Ramazon oyida 30 kunlik ro'za tutish nihoyasiga yetgach nishonlanadigan bayram. Shu kuni qariyalar, bemorlar borib ko'riladi, muhtojlarga yordam ko'rsatiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yildagi Farmoni bilan Ramazon va Qurbon haitlari dam olish kuni, deb e'lon qilingan. |
|
|
Qurbon haiti Qur'oni Karimda rivoyat qilinishicha, Ibrohim Payg'ambar yagona farzandi Ismoilni Alloh yo'lida qurbonlik qilishga hozirlik ko'rayotganida, uni qo'chqor bilan almashtirishga ijozat oladi. Shu bilan asrlar davomida davom etib kelgan qurbonlik ananasiga yangilik kiritiladi. Butun musulmon olamida keng nishonlanadi. |
|
|